Abituriyentga eslatma

Abituriyent o'qishga kirishdan oldin ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta'lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma'lumoti yo'qligi hamda test sinovlarini o'tkazish qoidalari va javoblar varag'ini to'g'ri to'ldirish bilan tanishganligi ko'rsatiladi); o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning aslini; 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnomani; pasporti nusxasini; 3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni; xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g'oliblariga o'qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini.
Muddatli harbiy xizmatni o'tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo'lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Maxsus sirtqi bo'limlarga o'rta maxsus ma'lumotga va tegishli ta'lim turi bo'yicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo'lgan pedagog kadrlar, jumladan bolalar sporti murabbiylaridan hujjatlar qabul qilinadi.

Maxsus sirtqi bo'limlarga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko'chirmasi talab etiladi.

Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.

Abituriyent hujjatlarining to'liqligi tekshirilgandan so'ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi.

Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi.

Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to'g'risida tilxat beriladi.

Abituriyentlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar («Ta'lim to'g'risida»gi qonun, 14-modda).

Abituriyent 26-iyuldan qabul komissiyasi tomonidan e'lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o'rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi,
auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.

Abituriyentlar guruh tartib raqami (auditoriya tartib raqami bilan mos) ko'rsatilgan ruxsatnomani 27-iyuldan boshlab ta'lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.

Kunduzgi, maxsus sirtqi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari, Qabul to'g'risidagi nizomga asosan 3 tilda, o'zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog'iston respublikasida) va rus tillarida, O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10*-iyul va 1-avgust kuni bir vaqtda o'tkaziladi (*bilan ko'rsatilgan sana harbiy oliy ta'lim muassasalariga tegishli).

Test sinovlari o'tkaziladigan kuni abituriyentlarni binoga kiritish soat 7.30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko'rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o'z guruhlari raqamiga mos raqamlangan auditoriyaga kiradilar.

Qabul komissiyasi test sinovlari o'tkaziladigan binoga abituriyentlar tomonidan mikrokalьkulyator, lug'at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari, shpargalka va shu kabilarini olib kirish harakatini aniqlagan xolda abituriyentning ruxsatnomasi olib qo'yiladi, dalolatnoma yoziladi (ixtiyoriy shaklda) unga OTM qabul komissiya a'zosi imzo qo'yadi. Abituriyent test sinovlariga qo'yilmaydi.

Test jarayoni boshlangandan so'ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo'shimcha test sinovlari o'tkazilmaydi.

Abituriyent test sinovlarini ta'lim muassasasida o'qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

1. Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish tartiblari bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan quyidagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin «Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to'g'risida» Nizom

2. Oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan quyidagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin: «Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to'g'risida» Nizom

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi

.