Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi ta'lim muassasalarida Elektron ta'limni joriy etish markazi bilan hamkorlikda navbatdagi yangi -“Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborish” xizmati joriy etildi.

Oliy o'quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to'plamini imtihon natijalari e'lon qilingandan so'ng qaytarib olish zaruriyati tug'ilganda, abituriyentlar Yagona portal orqali to'g'ridan-to'g'ri ariza yuborish orqali amalga oshirishlari mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o'quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to'plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko'ra, abituriyentga buyurtma pochta orqali hujjatlar to'plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo'lgan pochta bo'limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.

Mazkur xizmatni ko'rsatishda abituriyent hujjatlari to'plamini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish uchun eng kam oylik ish haqining 15 % miqdorida to'lov amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

 

321-sonli buyrug'Yuklab olish [1,93 Mb]