Университет кабул

Abituriyent o‘qishga qirishdan oldin ta‘lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta‘lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta‘lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma‘lumoti yo‘qligi hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varag‘ini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma‘lumot haqidagi hujjatning  aslini;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma‘lumotnomani;
  • pasporti nusxasini;
  • 3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni;
  • xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblariga o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini;

    Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta‘lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

                                                                                                                                                                                                                                                  
Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.