Magistratura bo`lim boshlig`iAllambergenov Ilimpaz XasanbaevichPedagogika fanlari bo’yicha falsafa doctori (PhD)
|
Mamlakatimizda 1997-yil 29-avgustda ta’lim sohasini jahon standartlari darajasiga ko`tarish maqsadida O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Nizomi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul etildi. Ushbu hujjatlarga muvofiq, 1999-yildan boshlab yurtimizning bir qator Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi – magistratura mutaxassisligiga kadrlarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib borila boshlandi.
2001-yildan boshlab bizning Qoraqalpoq davlat universitetida ham magistratura mutaxassisligi ochildi. Unga tajribali professor-o`qituvchilar (professor S.Qosbergenov 2001-2004-yy., professor Sh.Abdinazimov 2004-2005-yy.)boshchilik qildi. Magistratura mutaxassisligini ilmiy va amaliy tarafdan kuchaytirish uchun magistratura fakulteti alohida bo`limga aylantirildi. Bo`limga M.Tagayev (2007-2009-yy.), professor Y.Qutibayeva (2010-2012-yy.), yuridik fanlari nomzodi, dotsent A. Gulimovlar (2012-2020-yy.) rahbarlik qilishdi. Hozirgi kunga kelib PhD, dotsent I.Allambergenov bo`lim boshlig`i lavozimida ishlab kelmoqda. Metodist Karakulov Aqilbek bo`limning umumiy vazifalarini bajaruvchisi sifatida o`z faoliyatini olib bormoqda.
2017-2018-o`quv yilida magistratura bo`limiga 22 ta mutaxassislik bo`yicha, 2018-2019-o`quv yilida 24 ta mutaxassislik bo`yicha magistrantlar qabul qilingan bo`lsa, 2020-2021-o`quv yiliga kelib ushbu mutaxassisliklar soni 46 taga yetdi.
Bo`limda o`qib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan magistrantlarimiz xorijda va respublikamizda bir qancha sohalarda ko`plagan yutuqlarga erishib kelishmoqda. Jumladan, 2008-2009-o`quv yilida Toshkent shahrida bo`lib o`tgan bitiruvchi kurs magistrantlar o`rtasida “Eng yaxshi magistrlik dissertatsiya” tanlovida universitetimizning 5 nafar magistranti faxrli 1-o`ringa munosib, deb topildi.
Magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qobiliyatli hamda olmga chanqoq yoshlarning haqqoniy tanlab olinishi o`zining ijobiy natijasini bermoqda. Ziyrak magistrantlarimiz o`qishdagi, fandagi, madaniyat va sport sohalaridagi yutuqlari bilan universitetimizning iftixoriga aylanmoqda.
Aytmuratov Rinat 2010-yili, Aldabergenov Isatay 2012-yili, Egamberdiyev Eduard 2014-yili, Palimbetova Malika va Seytnazarova Guljaxanlar 2016-yili, Bektursinov Aysultan 2017-yili, Ayimbetov Zamira 2018-yili Prezident stipendiyasi, Yakubov Rozimbay, Kenjebayeva Gulnur, Jumamuratova Muhabbat, Zarimbetov Abdikamal, Aleuova Ravshanay, Mambetnazarov Genjemurat, Kutlimuratova Nasiba, Qalilayeva Baxitli, Qutlimuratov Muxammed, Begjanova Gulzada, Seytjanova Luiza, Radjapova Sarvinisolar Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Shamishova Aysholpan, Uzaqbayev Qoblan, Arepbayev Islam, Orazova Shaxnoza, Bektursinova Dilnura, Abdreymova Gulnoza Ulug`bek nomidagi davlat stipendiyasi sohib va sohibalariga aylanishdi, Bundan tashqari, Joldasbayev Paraxat 2015-yili “O`zbekiston ko`krak nishoni” belgisi, Mambetnazarov Islam “Mard o`g`lon” davlat mukofoti, Aximbetova Gulbahor, Mambetrizayeva Nesibeli, Alyeva Zamira va Orazimbetova Aysholpanlar “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo`lishdi.
Arziyev Ruslan 2008-yili respublikamiz bo`yicha o`tkazilgan “Zomin” yoshlar tanlovida faxrli 1-o`rinni egalladi, bundan tashqari sportning “Karate-do” turi bo`yicha 2009-,2010-,2011-yillarda O`zbekiston chempioniga aylandi. Bundan tashqari, Maxamatdinova Lola “Kelajak ovozi”, “Iqtidorli talabalar” va “Nihol” mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, 2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida bo`lib o`tgan “Yil talabasi 2021” XVII xalqaro ilmiy tadqiqot tanlovida 1-bosqich magistrantlarimiz Bekniyazova Gulchexra va Sarsenbayev Davletbay g`olib deb topildi.
Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ma’lum darajada uning intelektual salohiyati bilan belgilanadi. Ilmiy salohiyati kuchli davlatni esa butun dunyo tan oladi. Bu tomondan esa universitetimizning professor-o`qituvchilari bo`lajak olim va olimalarimizning bilimli, ilmli bo`lishi uchun o`zlarining bor imkoniyatlarini ayamaydi.
t/r |
Shifr |
Mutaxassisliklar |
1 |
5А111601 |
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi (maʼnaviyat asoslari) |
2 |
5А112001 |
Jismoniy tarbiya va sport mashqlarining nazariyasi va uslubiyati |
|
5А120101 |
Аdabiyotshunoslik: |
3 |
5А120101 |
Аdabiyotshunoslik: (o`zbek adabiyoti) |
4 |
5А120101 |
Аdabiyotshunoslik: (qoraqalpoq adabiyoti) |
5 |
5А120101 |
Аdabiyotshunoslik: (rus adabiyoti) |
6 |
5А120101 |
Аdabiyotshunoslik: (qozoq adabiyoti) |
7 |
5А120101 |
Аdabiyotshunoslik: (turkman adabiyoti) |
|
5А120102 |
Lingvistika: |
8 |
5А120102 |
Lingvistika: o`zbek tili |
9 |
5А120102 |
Lingvistika: qoraqalpoq tili |
10 |
5А120102 |
Lingvistika: rus tili |
11 |
5А120102 |
Lingvistika: ingliz tili |
12 |
5А120102 |
Lingvistika: turkman tili |
13 |
5А120102 |
Lingvistika: qozoq tili |
14 |
5А120102 |
Lingvistika: nemis tili |
15 |
5А120201 |
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʼyicha) |
16 |
5А120302 |
Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yicha) |
17 |
5А120401 |
Аrxeologiya |
18 |
5А120501 |
Falsafa (qo`llash sohasi) |
19 |
5А121401 |
Etnografiya, etnologiya va antropologiya |
20 |
5А130101 |
Matematika (yo`nalishlar bo`yicha) |
21 |
5А130201 |
Аmaliy matematika (sohalar bo`yicha) |
22 |
5А140101 |
Biologiya (fan yo`nalishi bo`yicha) |
23 |
5А140201 |
Fizika (yo`nalishlar bo`yicha) |
24 |
5А140501 |
Kime (fan yo`nalishi bo`yicha) |
25 |
5А140602 |
Geografiya (o`rganish obyekti bo`yicha) |
26 |
5А140702 |
Gidrometeorologiya (faoliyat turi bo`yicha) |
27 |
5А141001 |
Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo`yicha) |
28 |
5А220101 |
Jurnalistika (xizmat turlari bo`yicha) |
29 |
5А220103 |
Televideniya va radio eshittirish |
30 |
5А230102 |
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) |
31 |
5А230108 |
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish |
32 |
5А230601 |
Davlat moliyasi va xalqaro moliya |
33 |
5А230901 |
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) |
34 |
5А240108 |
Davlat boshqaruvi huquqi |
35 |
5А240116 |
Jinoyat qonunchiligini qo`llash nazariyasi va amaliyoti |
36 |
5А240118 |
Huquq va biznes |
37 |
5А310203 |
Elektr stansiyalari |
38 |
5А311901 |
Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish |
39 |
5А313401 |
Geodeziya va geoinformatika |
40 |
5А320401 |
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo`yicha) |
41 |
5А321302 |
Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi |
42 |
5А340302 |
Shahar transporti xo`jaligi va aloqa yo`llari |
43 |
5А340401 |
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo`yicha) |
44 |
5А340502 |
Devorbop va pardozbop materiallar texnologiyasi |
45 |
5А411101 |
Dorivor o`simliklarni yetishtirish texnologiyasi |
46 |
5А630102 |
Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) |