Hisob – kitob  boꞌlimi  universitet tashkil topgandan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq  davlat universiteti  hisob –kitob boꞌlimi,universitetning  umumiy sarf-xarajatlarining hisobi, ularning  toꞌgꞌri taqsimlanishi, xodimlarning oylik maoshlari,talabalarining stipendiyalarning oꞌz vaqtida hisoblash vazifasini bajaruvchi boꞌlim sifatida faoliyat yuritadi.

 Hisob –kitob boꞌlimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni qayd etib oꞌtishimiz mumkin:

  -byujet sarf- xarajatlari shuning bilan birga byujetdan tashqari sarf-xarajatlar smetasida koꞌrsatilgan, aniq bir maqsadlar uchun toꞌgꞌri yoꞌnaltirilishi ,bundan tashqari, pul xarajatlari va  qimmat-baho   buyumlar  ustidan  nazorat olib boradi;

– buxgalteriya  hisobini qonuniy asoslarga muoviq faoliyat yuritadi;

-ishchi –xodimlarning  oylik maoshlari  va unga tenglashtirilgan miqdorda toꞌlovlarni, shuning bilan birga oliy ta’lim muassasasida ta’lim oladigan talabalarining stipendiyalarining belgilangan tartibda va oꞌz vaqtida hisoblab chiqiladi;

-pul xarajatlari,hisob –kitoblar va  qimmat-baho tovarlar,shuning bilan birga boshqa faoliyat va majburiyatlarni inventarizatsiya faoliyatida ishtirok qiladi,inventarizatsiya natijasining oꞌz vaqtida va toꞌgꞌri  rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobida shakllantirib boradi;

-Qimmat-baho buyumlarni olish uchun berilgan ishonch xatlarining hisobini olib borish va ularni toꞌgꞌri foydalantirishni nazorat qiladi;

-moliyaviy  hisoblarni  belgilangan muddatda tuzish va topshirish;

-muassasa boshligꞌi tasdiqlash uchun xarajat smetalari va  ularga qoꞌshimcha  qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;

Hisob-kitob boꞌlimi asos ikki boꞌlimdan iborat boꞌlib,”Xarj va rejalashtirish boꞌlimi”,”Hisob –kitob “boꞌlimlaridan iborat boꞌlib,ular  faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda  asosan oꞌn beshta xodim  faoliyat yuritib belmoqda. Bosh hisobchi:Aknazarov Sarapboy ,bosh hisobchi oꞌrinbosari : Qudyarova Qanjayim,Ashirbekov Poꞌlatbek.Hisobchilar:Oꞌteliyeva Svetlana ,Baynazarov Jetkergen,Reymova Fatima,Uzaqboyeva Shirin ,Sadiqova Biybigul, Ametova Ayimgul,Mambetov Otabek,Reymova Gulbahor. ”Xarj va rejalashtirish” boꞌlimi boshligꞌi :Tajimuratov Oꞌrinboy, iqtisodchi:Abdiganiyaeva Jaziyra ,Oꞌtambetova Kamila

Soꞌnggi paytlarda axborot-texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelmoqda .Hisob-kitob boꞌlimlarida ham zamonaviy axborot –texnologiyalari asosida faoliyat olib boradigan, yangi kompyuter texnologiyalari asosida faoliyat  amalga oshirilmoqda.Universitet hisob-kitob boꞌlimi tarafidan amalga oshiriladigan  barcha hisob –kitob faoliyatini olib borish uchun “UzASBO”  yoꞌnalishlaridan keng turda  foydalanib kelmoqda.

“UzASBO “yoꞌnalishi Oꞌzbekiston Respubliksi Moliya Vazirligining 2013-yil ,30-apreldagi 63 –sonli”Oꞌzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tizimida va byujet davlatlarida zamonaviy axborot –texnologiyalarining yangi  bosqichga koꞌtarish va rivojlantirish,faoliyatlari haqida”gi buyrugꞌiga muoviq Moliya Vazirligining tegishli tizimlariga, 2013-yil 1-iyulga   muddatigacha “UzASBO” kompyuter yoꞌnalishini ishlab chiqish,vazifasi yuklatilgan edi.

“UzASBO” kompyuter yoꞌnalishlari bir qator qulayliklar,imkoniyatlarga ega boꞌlib,masalan,Oꞌzbekiston Respublikasi qonunlari ,Oꞌzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon-qarorlari,Vazirlar Mahkamasining qarorlari,har xil vazirliklar va shuning bilan birgalikda Moliya Vazirligi tamonida  ishlab chiqqan  g’aznachilik faoliyatini bajarishga muoviq buxgalteriya hisobini olib borishi va hisobotlarni tayyorlashga  bog’liq metodik koꞌrsatmalariga kiritilgan o’zgarish va qoꞌshimchalar yalxitlangan tarzda oꞌzgartirilib boriladi.Ma’lumotlar bazasi maxsus markazlashgan xizmatlarda saqlanib,har bir kiritilgan ma’lumotlar shu kunining soni bilan  arxivda saqlanib turish uchun kiritilishi mumkin.

Bundan tashqari ,bu kompyuter yoꞌnalishi, hisobchilar uchun katta imkoniyatlarni yaratib beradi.Qayt etib oꞌtish kerakki,ish haqi va stipendiyalarni mana shu yoꞌnalish orqali tez va aniq hisoblab chiqish mumkin.Hisobotlarni tez internet orqali tegishli jamoaga yetkazib berish imkoniyatiga ega.Shuning bilan birga hisobotlarni xohlagan joyda ,internet tarmogꞌiga ulangan kompyuter yordamida hisoblab borish mumkin.Bu yangiliklar bilan birga imkoniyatlar hisob-kitob boꞌlimning faoliyatini yengillashtiradi va hisob –kitob ishini tez olib borishga imkoniyat yaratib beradi.

ҚҚДУ ректорининг харажатлар буйича сметаси ва уларнинг ижроси ва шунингдек шартномалар руйхати