slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
16-sentabr – «Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kuni» | Karakalpak state university

16-sentabr – «Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kuni»

2019-yil 17-sentyabrda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakultetida “16-sentabr – «Butunjahon ozon qatlamini muhofaza qilish kuni» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi rahbari A.Begimova, shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori Ya.Ametov, dorivor o‘simliklar agroekologiyasi va introduktsiyasi kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Saitova, shuningdek, ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar qatnashdi.

Mazkur tadbirni, biologiya fakulteti dekani Ya.Ametov ochib berdi.

«Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambliyasi 1994 yil  16 sentyabrni – “Butunjahon ozon qatlamini  muhofaza qilish kuni” deb e’lon qildi.  XX asrning  1950 yillaridan boshlab, havoda freon gazlarining (XFU)  midori ko‘payganligi aniqlandi. Bu gazlar stratosferaning 25-30 km balandligida joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ozon qatlami quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlardan planetamizni muhofaza qiladi. Ozon qatlamining yemrilishi natijasida  ozon “tuynigi “hosil bo‘ldi. Mazkur tuynikdan yer yuzasiga  zararli ultrabinafsha nurlarning kirib kelishi Yer sharidagi barcha tirik organizmlarga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazish orqali o‘simliklar, hayvonlar shuningdek, odamlarda turli xil kasalliklarning  kelib chiqishi» haqida bayon qildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi rahbari A.Begimova so‘zga chiqib, «Mamlakatimiz miqiyosida ozon qatlami yemrilishining oldini olish va uni muhofaza qilishga doir amalga oshrilayotgan chora-tadbirlari» haqida bayon qildi.

Tadbirda, Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

O.Qidirbaeva «yoshlarga atrof muhitni muhofaza qilishga doir tushunchalarni berish bilan birga, ozon qatlamini yemirilishdan himoya qilishga qaratilgan xalqaro va davlatimizda qabul qilingan va qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarining ahamiyati» haqida talaba yoshlarga keng tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbirda Ekologiya mutaxassisligi 1-kurs magistratura talabasi N.Rajabova «Ozon molekulasining hosil bo‘lish mexanizmini shuningdek, strotasferada o‘zga gazlar yoki radikallar mavjud bo‘lganda ozon molekulasini parchalovchi faktor ekanligini va ozon tuyniklaridan yer yuzasiga kirib kelayotgan quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan muhofazalanish chora-tadbirlari» haqida, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi M.Yendirbaeva «Atmosfera havosining tabiiy va sun’iy ifloslanishi va uni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ahamiyati» to‘g‘risida tayyorlagan prezintatsiyalari bilan tadbirga qatnashdilar.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Nilufar Rajabova,

Ekologiya mutaxassisligi 1-bosqich magistratura talabasi.

 

 

Foydali havolalar