slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
Universitet bosqichiga start berildi | | Karakalpak state university

Universitet bosqichiga start berildi

Gidrometeorologiya sohasi hozirda eng tez rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Yurtboshimiz tomonidan berilayotgan e’tibor ushbu soha rivojlanishi uchun chiqarilayotgan ko’plab farmon va qarorlarda o’z aksini topmoqda. Shu quvonarli holat, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni bu sohaga qiziqishini orttirmoqda. Shu asnoda bugun yurtimizning har bir ta’lim muassasasida ushbu sohaning turli yo’nalishlari bo’yicha ko’plab tanlov va musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda.

Oliy o’quv yurti talabalari o’rtasida har yili o’tkazib kelinayotgan “Gidrologiya-gidrometriya” fanidan talabalar fan olimpiadasi ham shular jumlasidandir. Ushbu olimpiadaning maqsadi  g’ayritabiiy vaziyatlarda tezkor tafakkur va qarorlarni qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishdir.

Joriy yilning 10-aprel kuni “Tabiatshunoslik” fakulteti “Geografiya” kafedrasi tomonidan «Gidrologiya-gidrometriya» fani bo’yicha dastlabki universitet bosqichiga start berildi.

Bunda Gidrometeorologiya yo`nalishi talabalari 4 turdan iborat bo’lgan vazifalarda o`z bilimlarini sinovdan o`tkazishadi. 1-o`rinni olgan talaba keyingi bosqichda qatnashish huquqiga ega bo`ladi.

Ma`lumot uchun, ushbu fan bo`yicha so’ngi ikki yil davomida 2-bosqichda yani O’zbekiston respublikasi Oliy talim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan bosqichda 2016-2017 o’quv yilida faxrli 2-o’rinni (T.Abdullaev, 4-kurs gidrometeorologiya, ilmiy rahbari B.Tairov) 2017-18 o’quv yilida faxrli 3-o’rinni (S.Qalbaev 3-kurs gidrometeorologiya, ilmiy raxbari B.Tairov) egallagan.

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik fakulteti talabasi.

.

 

 

Foydali havolalar