slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
Mo`ynaq tumanidagi o`quv-ilmiy poligoniga talaba yoshlar tashrif buyurishdi | | Karakalpak state university

Mo`ynaq tumanidagi o`quv-ilmiy poligoniga talaba yoshlar tashrif buyurishdi

Bugungi kunda Respublikamizda Orol dengizi muammolarini bartaraf qilish  bo`yicha ko`plab amaliy tadbirlar boshlab yuborilgan.

Orolbo`yi hududida universitetning o`quv-ilmiy poligonini tashkil etish , mo`jaz bog` yaratib hududda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, Orolbo`yi tuproqlari, o`simliklari, suvlari, ularning tarkibi, xususiyatlari hamda  iqlimini o`rganish maqsadida, Tabiatshunoslik fakulteti, o`quv-ilmiy poligon tashkil qilingan edi.

Joriy  yilning 13-aprel  kuni ertalabdan fakultet yoshlar bilan ishlashish bo`yicha dekan o`rinbosari J.Muynakbaev  va fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti tashabbusi bilan professor – o`qituvchilar hamda  guruh yetakchilari va faol talabalar tomonidan bog`ga tashrif  buyurishib u yerdagi ko`chatlarni atroflarini yumshatish va begona o`tlardan tozalash hamda ko`chatlarni sug`orish, tabiiy o`g`itlar to`kish, ariqlarni tozalash ishlari olib borildi.

Safar so`ngida ekspeditsiya  a`zolari uchun Mo`ynaq shahrining diqqatga sazovar joylariga sayohat tashkillashtirildi.                           

Ma`lumot uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat  universiteti uchun ajratilgan 1 gektarga yaqin maydonga  650 tupga yaqin ko`chat, jumladan, o`rik, olma, nok, olxo`ri, shaftoli, olcha  va manzarali daraxtlar  ekilgan edi.

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi, JTK a`zosi.

 

 

Foydali havolalar