slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
#Fan_olimpiadasi_respublika_bosqichi  Universitetimiz talabasi sovrindor bo'ldi | | Karakalpak state university

#Fan_olimpiadasi_respublika_bosqichi  Universitetimiz talabasi sovrindor bo’ldi

Gidrometeorologiya sohasi hozirda eng tez rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Yurtboshimiz tomonidan berilayotgan e’tibor ushbu soha rivojlanishi uchun chiqarilayotgan ko’plab Farmon va qarorlarda o’z aksini topmoqda. Yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni bu sohaga qiziqishini orttirmoqda. Shu asnoda bugun yurtimizning har bir ta’lim muassasasida ushbu sohaning turli yo’nalishlari bo’yicha ko’plab tanlov va musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda.

Oliy o’quv yurti talabalari o’rtasida har yili o’tkazib kelinayotgan “Gidrologiya-gidrometriya” fanidan Respublika talabalar fan olimpiadasi ham shular jumlasidandir. Ushbu olimpiadaning maqsadi  – mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashdir.

Joriy yilning 15-16 may  kunlari respublikamizning shu soha bo`yicha barcha oliy o`quv yurtlari qatnashayotgan “Gidrologiya-gidrometriya” fanidan o`tkazilgan respublika fan olimpiadasida Tabiatshunoslik fakulteti geografiya kafedrasi 4-kurs gidrometeorologiya talabasi S.Qalabaev qatnashib faxirli III-o`rinni egalladi va III-darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, S.Qalabaevni olimpiadaga tayyorlagan o’qituvchisi B.Tairov faxriy yorliq bilan mukofatlandi.

S.Qalabaev va B.Tairovning qo`lga kiritgan  yutuqlari bilan fakultet dekanati va professor o`qituvchilar nomidan talabamizni tabriklaymiz, uning  keyingi o`qish va ilmiy ishlariga omadlar tilab qolamiz.

N.Embergenov,

Geografiya kafedrasining mudiri.

Foydali havolalar