slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
Usiz yashash mumkin mi? | | Karakalpak state university

Usiz yashash mumkin mi?

     Ilmiy manbalarda qayt etilishicha  odam organizmining 60 foizi  suv tashkil qilar ekan. Yer yuzining katta qismi  suvlikdan iborat. Demak , odamzotning  ham butun olamning  ham jon tomiri  suv bilan. Inson eguliksiz , oziq-ovqatsiz anchagacha  yashar, ammo suvsiz bir hafta ham yasholmaydi. Qadimda ajdodlarimiz  oddiy ariq suvini  ichishgan. U shunchalar toza va zilol  bo’lganki, bemalol  ichimlik  suvi  vazifasini o’tagan. Uni ifloslantirish katta gunoh xisoblangan.

    Biroq bugungi kunda ayirim yurtdoshlarimizning yodidan ko’tarilgan bunday  qadriyatlarimiz  biroz yoddan ko’tarilgandek. Ayniqsa, shaxar joylarida  kelinchaklarning 5-qavatdan 1-qavatgacha supurib,  turar joy atroflarini ozoda qilishini  maqtaymizu, chiqindilarni ariqqa supurib yuboryotganiga ko’z  yumamiz. Orol dengizi qurub borayotgani haqida to’xtovsiz bong uramizu, uyimiz yonidagi yerni ichimlik suvidan  sug’oramiz.  Yuz  ko’zimizni  yuvib, orasta bo’lamizu, jo’mrakni  yaxshilab  yopishga hafsala qilmaymiz. Go’yo oqib turgan suv hech qachon tugamaydigandek, bunday xavf bizga butunlay begonadek.

    Men dam olish kunlaridan birida  idish-tovoqlarni yuvgani oshxonaga kirdim va yuva boshladim. Bir payt telefon jiringlab qoldi, uni olgani chiqib ketdim. Go’shakni ko’tarsam yaqin dugonam Nafisa ekan. U bilan biroz suhbatlashib qoldik. Oradan ancha daqiqalar o’tgandan keyin, meni  buvijonim chaqirdilar. Dugonamga keyin qo’ng’iroq qilishimni  aytib go’shakni qo’ydim. Buvijonomning oldilariga borsam ularni ko’zlari mayus bo’lib  menga boqdi.

__ nima bo’ldi, biror joyingiz og’riyaptimi Buvijon?

__ og’rigandayam juda og’ridi. Etiborsiz ishlagan ishingdan  mening qalbim og’ridi. Idish tovoqlarni yuvib orasta qilishni unitmabsan, lekin  kironning jumragini  yopishni  unitibsan qizim. Bizdan keyin sizlar ,sizdan keyin  sizning farzantlaringiz  bu suvdan foydalanishi kerak. Agar  bunday etiborsiz bo’lsak, bizdan keyingi  avlodni axvoli ne kechadi?

      Buvijonimning bunchalar ich-ichidan ezilib aytgan so’zlarini eshitib ko’zimga yosh keldi. Rostan ham biz hozir suvni shunchalar isrof qilsak bizdan keyingi avlod qanday bo’ladi?. Bitta mening isrofgarchiligim bu, mendan  boshqa  necha-necha minglab odamlar bor, har qaysisi shuncha  suv isrof qilsa, uyog’ini o’zingiz tasavvur qilavering.

  Bugungi kunda hammamiz guvohi bo’lyapmiz qancha aytilishiga qaramasdan yurtdoshlarimiz  uylarini oldindagi yerlarni ichimlik suvidan sug’orishyapti. Bazi bir ko’p qavatli uylarda esa suv chiqmasligi holati uchramoqda. Nega biz shunda atrofimizdagi bo’lyotgan jarayonlarga befarqmiz?

   1993-yil qabul qilingan “suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi”  O’zbekiston respublikasining qonuni 3-moddasida  “ suv O’zbekiston respublikasining davlat mulki- umummilliy boylik hisoblanadi. Suvdan oqilona  foydalanish lozim bo’lib, u davlat tomonidan qo’riqlanadi” deyilgan.

   Demak, har birimiz suvni, suv havzalarini iflos qilmaslik  va bunga qarshi kurashishga ma’sulmiz. Suvning ifloslanishi faqat ekologik zarar bo’lib qolmay, u inson salomatligiga ham salbiy tasir ko’rsatadi.

   Suv – hayot manbayi

  Bu manbadan oqilona foydalanish esa sening va mening qo’limda.

 

 

Yuldachova Umida,

Jurnalistika ta’lim yunalishi 1-b kurs talabasi.

Foydali havolalar