slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
"Eng faol kitobxon guruh" tanlovi o'tkazildi | | Karakalpak state university

“Eng faol kitobxon guruh” tanlovi o‘tkazildi

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan kitobxonlikka katta e`tibor berilmoqda. Kitob o‘qigan insonlar har tomonlama rag`batlantirilmoqda. Bu sohada ko`pgina normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. 2017-yil 13-sentabrda “Kitob nashri, mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori qabul qilindi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 muhim tashabbus”lari, mana shu tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Bu bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta`lim vazirligining 2019-yil 22-may kuni 450-sonli qarori qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpoq davlat universiteti, o‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisining 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan ish rejasining 8 bandida: “Talabalar hayoti, madaniy dam olishi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish borasidagi mavjud ahvol va kamchiliklarni o`rganib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish” rejalashtirilgan.

Shu normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta`minlash maqsadida bizning universitetimizda ham amaliy ishlar qilinmoqda.

Universitet madaniyat saroyida “Eng faol kitobxon guruh” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovga qatnashuvchi jamoalar 5 me`zon bo‘yicha, jami 40 minut, 65 ball hisobida baholandi. Tanlovga o‘zbek filologiyasi fakultetidan bir necha guruhlar qatnashdi. Bundan tashqari tanlovga kitobxonlikka qiziquvchi boshqa fakultet  talabalari  ham tashrif buyurishdi.

Tanlovni o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Xamro Abdullayev kirish so`zi bilan ochib berdi.

Tanlovda:  101-guruhning «Targ‘ibot» jamoasi (O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» asari) va 106-guruhning «Nihol» jamoasi (O‘lmas Umarbekovning «Fotima va Zuhra» asari) jami 55 ball bilan 1-o‘rinni; 107-guruhning «Targ‘ibotchilar» jamoasi (O‘tkir Hoshimovning «O‘zbeklar» asari) jami 51 ball bilan 2- o‘rinni; 102-guruhning «Baxtli kelajak» jamoasi (Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi) jami 50 ball bilan 3- o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Qolgan jamoalar: 103-guruhning «Kelajak nihollari» jamoasi (O‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asari) 49 ball; 104-guruhning «Mustaqillik yoshlari» jamoasi (Tohir Malikning «Alvido bolalik» qissasi) 47 ball; 105-guruhning «Taraqqiyot» jamoasi (Luqmon Bo‘rixon «Olov tutgan odam» asari) 48 ball; 108-guruhning «Ezgulik» jamoasi (Ulug‘bek Hamdamning «Na‘matak» romani) bo‘yicha jami 43 ball to‘plashdi. G‘olib jamoa vakillari tanlovning universitet bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bundan tanlovlarning ko‘plab o‘tkazilishi bugungi kun yoshlarining vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ularning kitobxonlik madaniyatining oshishiga turtki bo‘ladi.

Bahriddin Abdulamitov,

O‘zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti yetakchisi.

  

Foydali havolalar