slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
«Zakovat» intellektual o'yini musobaqasi o'tkazildi | | Karakalpak state university

«Zakovat» intellektual o’yini musobaqasi o’tkazildi

Malumki, muhtaram Yurtboshimizning 5 ta muhim tashabbuslari bo’yicha yurtimizning oliy o’quv yurtlarida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu jumladan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ham bu masala bo’yicha alohida e’tibor berib borilmoqda. Bunga misol tariqasida kuni kecha universitetimizning 4,5-sonli talabalar turar joyida 5 ta muhim tashabbusning  toʻrtinchi tashabbusi – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan bo’lib, mana shu tashabbus buyicha talaba-qizlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.

Unda chet tillari, jismoniy madaniyat, kimyo-texnologiya, tarix va iqtisodiyot fakultetlari talabalari tomonidan tuzilgan jamolar ishtirok etdi.

O’yin judayam qizg’in bahs va muzokaralar bilan o’tdi. O’yin so’ngida chet tillari fakultetining “Intellect” jamoasi birinchi, talabalar turar joyining “Sudsovetlar” jamoasi ikkinci va tarix fakultetining “Aristokratlar” jamoаsi uchinchi o’rinlarni qo’lga kiritdi va g’oliblar diplom va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.

Jamshid RIZAYEV,

Shet tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi.

 

Foydali havolalar