slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
Atrofimizdagi voqealarga loqayd bulmaylik | | Karakalpak state university

Atrofimizdagi voqealarga loqayd bulmaylik

Chiroyga boy, o‘zining tarovati bilan boshqa shaharlar bilan raqobatlasha oladigan navqiron Nukus shahri ayniqsa oqshom payti ajib bir go‘zallik kasb etadi. Yo‘l chetlariga o‘rnatilgan rang-barang chiroqlar esa bunga yanada jilo bag‘ishlaydi. Ammo katta shaharda kichik ko‘ngilsizliklar ham bo‘lib turishi tabiiy holat, albatta.

Har kuni shahar ko‘chalarini aylanib turli voqea-hodisalarga duch kelasan kishi. Bozor rastalarida o‘zining baland ovozi bilan ommani o‘ziga jalb qilib, mahsulotiga xaridor chaqirgan, halol risq topayotgan sotuvchidan tortib, isiriq tutatib pul topayotgan  «lo‘li»largacha.

Ming afsuslar bo‘lsinki yo‘l chetlarida o‘zini bilmay, loyga belanib, iflos va chang joylarda ag‘anab yotgan spirtli ichimlik qurbonlarini ham ko‘rishga majburmiz.

Atrof-muhitga o‘zining salbiy harakatlari bilan «ko‘rk» bag‘ishlayotgan bu insonlarni ko‘rib hazrat mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning «Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon ondin yaxshidir» satrlarini beixtiyor aytmasdan aslo iloj yo‘q. Bu bilan ularga qarata spirtli ichimlik mahsulotlarini iste’mol qilishga haqqingiz yo‘q deyishdan yoki ularni hayvonga qiyoslashdan yiroqmiz. To‘g‘risida, ahir ichayotgan bo‘lsa, siz-u bizning mablag‘imiz evaziga olmayotgan o‘sha «ajal dorisi»ni. Biroq  «Xolvaning ham ozi shirin» ekanligini unutmaslik lozim.

Sport sog‘lik garovi ekani hech kimga sir emas. Chindan ham doimiy sport bilan shug‘ullanadigan odam har tomonlama yetuk, irodasi metindek mustahkam shaxsdir. Sport bilan shug‘ullanib nafaqat o‘zining sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘ygan, balki mamlakat taraqqiyoti, imidji yo‘lida azm-u shijoat bilan ter to‘kayotgan sportsmenlarimiz talaygina. Lekin guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek jamiyat ma’naviyatiga, o‘y-qarashlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan «spirtsmen»larimiz ham yo‘q emas.

Global muammoga aylanayotgan hozirgi davrda ushbu holat biz aytayotgan nafaqat Nukus shahri ko‘chalarida balki respublikamizning barcha hududlarida deyarli har kuni uchratadigan oddiy holga aylanib borayotgani achinarli albatta. Ayrim joylarda jamoatchilik hududlarini tartibga soluvchi, atrof-muhitni muhofaza qiluvchi davlat organlari, mas’ul mutasaddi tashkilotlarning faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganga o‘xshaydi. Bunga nafaqat mas’ul organlar, balki shu yurt fuqarosi bo‘lgan barcha shaxslar o‘zining insoniylik mas’uliyati bilan e’tibor qaratishi lozim.

Negaki, loqaydlik mentalitetimizga yot bo‘lgan illatlardan biridir.

Oybek Yusupov,

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi.

Foydali havolalar