Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko’zgusi

Hammamizga ma’lumki, kecha 14-fevral buyuk bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni edi. Ushbu kun munosabati bilan universitet «Kitobxonlar» klubi rahbari R.Xolmirzayeva tashabbusi bilan «Kitobxonlar» klubi a’zolari 3-sonli TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar bilan hamkorlikda TTJ kutubxonasida adabiy kecha o’tkazishdi.

Tadbirda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti sardorlari, kutubxona a’zolari, TTJ pedagok-tarbiyachilari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir jarayonida talabalar shox va shoir Bobur bobomizning g’azal va ruboiylaridan parchalar o’qishdi. Hayot va ijod yo’li haqida ma’lumotlar keltirishdi.

14-fevral – butun dunyo bo’yicha «Bir-biriga kitob sovg’a qilish» kuni deb belgilangan. Bu kunning biz yoshlar uchun ahamiyatli jihati ko’p albatta. Ushbu kunda ayrim yoshlar Evropadan kirib kelgan, bizning mintalitetimizga zid bo’ldab «Den Valentin» kuni munosabati bilan bir-birlariga turli logotiplar tushirligan sovg’alar berishadi. Ammo, o’zligini anglagan yoshlarimiz 14-fevralga Z.M.Bobur tavalludi va butun dunyoda «Bir-biriga kitob sovg’a qilish kuni» deb qabul qiladi. Yoshlar davrasida o’tkazilgan tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Talabalardan taklif va shikoyatlar so’ralganida 3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi Tarix fakulteti 1-bosqich talabalaridan Rajabov Begzod shoir B.Genjamuratov bilan ijodiy uchrashuv tashkillashtirishni va 1-guruh nogironi Rajabov Xushnud ko’zi ojizlar uchun audio kitoblar ta’minlab berilishini taklif qilishdi.

Tadbir so’ngida «Bir-biriga kitob sovg’a qilish» kuni munosabati bilan universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauran Abadanov tadbir ishtirokchilarga bilim xazinasi bo’lmish kitoblar sovg’a qildi.

Kitob bilan do’st bo’lish biz uchun koni foyda. Shunday ekan, har bir o’sib kelayotgan yosh avlodga o’z maqsadingiz yo’lida yuqori cho’qqiga erishishni istasangiz faqatgina kitob bilan do’st tutining deymiz.

Gulixon Qodirova,

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi.