slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
«Sport musobaqalari» tanlovi bo'lib o'tdi | | Karakalpak state university

«Sport musobaqalari» tanlovi bo’lib o’tdi

Joriy fevral oyi «Sog’lom turmush tarzi» oyligi bo’lganligi sabab barcha OTM lar va TTJ larda ushbu oylik doirasida turli tadbir va musobaqalar o’tkazilayapti. Jumladan, taniqli sport murabbiylari bilan uchrashuvlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar, davra suhbatlari o’tkazilmoqda.

Shu borada universitetimiz yoshlari o’rtasida o’tkazilayotgan turli musobaqalar bilan birga 13-fevral kuni TTJ larda istiqomat qiluvchi yoshlar o’rtasida «Sport musobaqalari» tanlovi bo’lib o’tdi.

Musobaqada talabalar sportning tosh ko’tarish, qo’l sinashish, stol tennisi, arqonda sakrash, voleybol, shaxmat-shashka turlari bo’yicha bir-birlari bilan kuch sinashdi.  Eslatib o’tamiz 1-2-3-4-5-sonli TTJ larda istiqomat qiluvchi talabalar har kuni soat 7:00 da sport murabbiylari bilan fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri Bayram Erimbetovning boshchiligida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishadi. 

Musobaqada 5 ta yotoqxona talabalari ishtirok etishdi. Musobaqada fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchilaridan tosh ko’tarish va qo’l sinashish shartlariga Qurbanbayev Abad, Qurbanniyazov Jannazar,  arqonda sakrash bo’yicha Tabinbayev Asqar, Sultanmuratov Yusuf, Djanxodjayev Nurlan, Stol-tennisi bo’yicha Abdikamalov Xojabay, Asotullayev Alisher,  Qoshanov Abat,  shaxmat bo’yicha Qazaqbayev Aydos, voleybol bo’yicha Masharipov Rasullar hakamlik qilishdi.

Musobaqa ishtirokchilari orasida 3-sonli TTJ talabalari faol qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Jumladan, qizlar o’rtasida stol tennisi bo’yicha 1-o’rinni  geodeziya, kartagrafiya va kadastr guruhi 1-bosqich talabasi  Karimova Nafosat, arqonda sakrash bo’yicha 1-o’rinni Geografiya fakulteti 2-bosqich talabasi Alimova Matluba, voleybol bo’yicha esa 2-o’rinlarni Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 1-bosqich talabalari Qongiratboyeva Gulmira va Ortiqboyeva Shoxidalar qo’lga kiritishdi.

O’g’il bolalar o’rtasida o’tkazilgan tosh ko’tarish, qo’l sinashish, stol tennis musobaqalarida 3-sonli TTJ ning barcha talaba-yigitlari faol qatnashdi va faxrli o’rinlarni egallab o’zlarini ko’rsatishdi. Musobaqada o’rin egallagan va faol qatnashgan talabalarga tashkilotchilar va homiylar tomonidan «Faxriy yorliq»lar va esdalik sovg’alar topshirildi….

Sport bilan shung’ullangan inson kuchli va baquvvat bo’ladi, shubhasiz. Bu esa bizning tinchligimiz posbonlari bo’lgan harbiylar, askarlar va  eng muhimi armiyamiz mustahkam bo’lishiga zamin yaratadi. Sport mashg’ulotlari va musobaqalari qizlarga yigitlardek shijoatli, qo’rqmas bo’lishga imkon yaratadi, albatta.

Shunday ekan nafaqat OTM yoki TTJ talabalari balki butun mamlakatimiz yoshlari sport bilan shug’ullanishi lozimligini yana bir bor ta’kidlab o’tish o’rinli.

Gulixon Qodirova,

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi.

 

Foydali havolalar