«Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmat tizimini takomillashtirish»

Yevropa ittifoqining Erasmus+ ta»lim dasturi doirasida tayyorlangan  yangi «DECIDE» («Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmat tizimini takomillashtirish») loyihasining amalga tatbiq etilishiga binoan hamda dastur talablariga rioya qilgan holda dastur ishtirokchilari tanlab olinishi maqsadida ochiq tanlov (suhbat) o”tkaziladi.

Dastur maqsadi: hamkor davlatlarda imkoniyati cheklanganlar orasidan mutaxassislar bo`yicha tayyorgarlikni  takomillashtirish, professionallashtirish va internatsionallashtirish. Yuqoridagi dastur amalga oshirilishi 2019 yildan 2022 yilgacha bo`lgan davrga rejalashtirilgan.

Yangi dastur uchun quyidagi yo`nalishlar bo`yicha  kafedra hodimlari va iqtidorli yoshlarni jalb etish  maqsadga muvofiqdir:

-ijtimoiy fanlar;

– gumanitar fanlar;

Talabgorlarga bo`lgan talablar:

– har bir kafedradan 1 kishidan ortiq ishtirokshi bo`lmasligi;

– ingliz tilini  bilishi;

– horijiy dasturlarda ish olib borish tajribasiga egaligi;

To`liq  ma`lumot olish uchun universitetning xalqaro aloqalar bo`limiga 2019-yilning 12-yanvarigacha murojaat qilish mumkin.

mail: xab_kdu14@mail.ru
tel:+99861-223-66-55

Seminarlari