Qurilish fakulteti

 

Fakultet dekani:

Uzaqov Torebek Djumabaevich

Texnika fanlari nomzodi

+99861-226-12-26
tj.uzakov@gmail.com
Qabul vaqti: seshanba va juma kunlari, soat 09.00 dan 13.00 gacha

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini:

Purxanatdinov Aman Purxanatdinovich

Falsafa doktori (PhD)

+998 (91) 375-12-21
aman.pp@mail.ru
Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari), soat 09.00 dan 13.00 gacha

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini:

Nurniyazov Saparbay Qurbaniyazovich

+998 (91) 307-17-69

saparbay68@mail.ru

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari), soat 14.00 dan 18.00 gacha

 

Dekan muovini:

Seytimbetov Allayar Minsizbaevich

+998 (91) 388-07-77

allayar_s_91@mail.ru

Qabul vaqti:

har kuni (yakshanbadan tashqari), soat 14.00 dan 18.00 gacha

 

Fakultet tarixi
1990-yil Nukus qurilish texnikumi bazasida Toshkent politexnika institutining Nukus filiali ochildi. Fakultetning birinchi dekani bo’lib T.Atamuratov ish boshladi.
1991-yili Toshkent politexnika instituti tarkibidan arxitektura-qurilish yo’nalishidagi fakultetlar ajralib, Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil etildi. Ushbu institutning Nukus filialiga Nukus umumiy texnika fakulteti nomi berildi va fakultet dekani bo’lip J.Ataniyazov tasdiqlandi. Fakultetda sanoat va fuqaro qurilishi; suv taminoti, kanalizatsiya, suv resurslaridan ratsional foydalanish va himoya qilish yo’nalishlari bo’yicha injener-quruvchilar tayyorlanib, ularga texnika fanlari nomzodi, dotsent K.Baymanov rahbarligidagi «Umum texnik fanlar» kafedrasi professor-o’qituvchilari ta’lim berishdi. 1995-yili Toshkent arxitektura-qurilish institutining Nukus umumtexnika fakulteti Qoraqalpoq davlat universiteti tarkibiga muhandislik-qurilish fakulteti nomiga o’tkazildi. 2005-yili mazkur fakultet fizika fakulteti bilan biriktirilib, fizika-texnika fakulteti nomi bilan qayta tashkil etildi. 2009-yildan fizika-texnika fakultetidan arxitektura-qurilish yo’nalishlari ajralib, texnika fakulteti tashkil etildi. 2019-yildan boshlab texnika fakulteti qurilish va arxitektura fakultetlariga ajratildi. Bu davrlar ichida fakultetni B.Abdikamalov, X.Abdullaev, Q.Ismaylov, M.Tagaev, T.Uzaqov, M.Ayimbetov, Q.Dawletov, B.Dauletmuratovlar boshqardi. Hozirgi vaqtda Qurilish fakultetini texnika fanlari nomzodi Torebek Djumabaevich Uzaqov boshqarib kelmoqda.
Fakultetda byudjetdan tashqari mablag’lar topishga katta ahamiyat qaratilgan. Shu maqsadda 2017-yil uy-joy xo’jaligı qurilishi uchun obektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini yaratish, shuning ichida ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalash bo’yicha ruxsatnoma (litsenziya) olinib fakultetda tashkil etilgan QDU «Loyihalash guruhi» a’zolari tomonidan yiliga o’rtacha 70-80 mln. so’m, shu kungacha jami 300 mln. so’mdan ortiq xo’jalik shartnomalari bajarilib, loyiha-smeta hu’jjatlari yaratilib sanoatga tadbiq qilindi.
Ta’lim xizmatlarini ko’rsatishni kengaytirish, talabalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2021-yilda «B» va «BC» kategoriyalarini beruvchi QDU «Avto-o’quv markazi» tashkil etilgan bo’lib, oyiga 2-3 guruh o’qitilib, byudjetdan tashqari kirimlar 50-70 mln so’mni tashkil etmoqda.
 
Fakultet kafedralari:
  1. Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi
  2. Muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi kafedrasi
Taʼlim tizimi
Bakalavriat yo‘nalishlari:
  1. 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari);
  2. 5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalar qurılishi va montaji;
  3. 5340500 – Qurilish materiallari, buyimlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish;
Magistratura mutaxassisliklari:
  1. 70730301 – Bino va inshootlar qurilishi;
  2. 70730401 – Muhandislik kommunikatsiyalari tizimlari, qurilishi va montaji;
  3. 70730701 – Qurilish materiallari, buyimlari, konstruktsiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari;
Qo’shma ta’lim dasturlari: QQDU va Moskva davlat milliy ilmiy-tadqiqot qurilish universiteti
Bakalavriat yo‘nalishlari (2+2):
  1. 5340500 – Qurilish materiallari, buyimlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish;
  2. 5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi va montaji;
Magistratura mutaxassisliklari(1+1):
  1. 5A340501 – Qurilish materiallari, buyimlari, konstruktsiyalari va ularni ishlab chiqarish;
  2. 5A340401 – Suv taminoti, kanalizatsiya, suv resurslarıni saqlash va ulardan ratsional foydalanish.
 
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Kafedralarda ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyatni asosiy shtatda 40 nafar professor-o‘qituvchi va 8 nafar o’rindoshlar olib borishmoqda, shulardan asosiy shtatda 10 ta fan nomzodlari, texnika sohasida falsafa doktor (PhD) lari va dotsentlar T.Uzaqov, N.Saparniyazov, M.Arzuov, G.Utegenova, R.Eshniyazov, Q.Dawletov, A.Allambergenov, A.Purxanatdinov, R.Baymanov va Z.Turlibaev. O’rindoshlik asosida 5 fan doktori va professorlar: t.f.d, professor K.Baymanov, X.Akramov, X.Komilov, Z.Qodirova, t.f.d. I.Aimbetov, dotsent B.Raxmanov va B.Sobirov, A.Jumanazarovalar shuningdek asosiy shtatta katta o’qituvchilardan J.Najimov, R.Paxratdinova, U.Mamutov, M.Eshmuratov, D.Ospanova, G.Abdiganieva, Q.Aytbaev assistentlar J.Kamalov, N.Sayimbetova, Sh.Tajibaev, М.Kamalov, A.Paxratdinov, K.Bektursinova, A.Nawrizbaev, N.Dawletmuratova, Q.Baxiev va A.Seytimbetov stajyor-o’qituvchilar G.Serjanova, A.Aytbaeva, Yu.Utemuratova, А.Dawletbaeva, O.Aytjanov, B.Djumabaev, R.Dospanov, O.Janabaev, D.Qayipbergenov, U.Qdirbaev, M.Toreniyazov, S.Kaypov, M.Tanbaevlar ish olib borishmoqda.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Sifatli ta’lim berish va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi qurilish sohasidagi bor ilmiy potentsialiga yo’naltirilgan. Qurilish fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalar xalqaro TEMPUS dasturi asosida UZWATER: Asosiy itiborni suv resurslarini boshqarishga qaratilgan atrof-muhitni asrash va doimiy rivojlanish mutaxasisliklari bo’yicha magistratura dasturi va HighVEC Avtomagistral qurilishi muhandisligi va mashina ishlab chiqarish muhandisligi bo’yicha o’quv dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek dotsent R.Eshniyazov Britaniya Konsulligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan EMI loyihasida ishtirok etdi. Hozirgi vaqitda ilmiy kadrlarni tayyorlash borasida eng so’ngi muvaffaqiyatlar o’rnida – 2020-yili mustaqil izlanuvchi A.Allambergenov, 2021-yili mustaqil izlanuvchilar R.Baymanov, Z.Turlibaev va A.Purxanatdinovlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishganligini ta’kidlash o’tish mumkin.
Xalqaro dasturlar va loyihalar
Fakultetimiz dotsenti Rustem Eshniyazov Amerikaning Viskonsin shtati Miloki Universitetida hamda xorijiy oliy ta’lim maskanlaridan prof. Lars Riden Amerikaning Uppsala universitetidan, t.i.d. Janis Zaloksnis Latviya universitetidan (Latviya), t.i.n. Evgeniya Derbasova Astraxan davlat arxitektura-qurilish universitetidan (Rossiya) kelib, fakultetimiz talabalariga dars o’tishdi va birgalikda seminarlar tashkil etildi.
2019-yildan boshlab Rossiya federatsiyasining Moskva davlat milliy ilmiy-tadqiqot qurilish universiteti bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturi asosida bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutahasisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Fakultetda iqtidorli talabalar bilan birga ishlash ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Talabalar o’zlarining qiziqgan ilimiy-innovatsion mavzulari doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda, kafedralar yonida ilmiy to’garaklar tashkil etilgan. Har yil yosh tadqiqotchi, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirokida ilmiy-amaliy konferentsiyalar tashkil qilinib boriladi.

Пайдалы дереклер