Магистратура бўлими

 

Magistratura bo`lim boshlig`i

 Allambergenov Ilimpaz Xasanbaevich

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doctori (PhD)

+99861 223-58-64
a.ilimpaz@karsu.uz

 

Mamlakatimizda 1997-yil 29-avgustda ta’lim sohasini jahon standartlari darajasiga ko`tarish maqsadida O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Nizomi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul etildi. Ushbu hujjatlarga muvofiq, 1999-yildan boshlab yurtimizning bir qator Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berishning ikkinchi bosqichi – magistratura mutaxassisligiga kadrlarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib borila boshlandi.

2001-yildan boshlab bizning Qoraqalpoq davlat universitetida ham magistratura mutaxassisligi ochildi. Unga tajribali professor-o`qituvchilar (professor S.Qosbergenov 2001-2004-yy., professor Sh.Abdinazimov 2004-2005-yy.)boshchilik qildi. Magistratura mutaxassisligini ilmiy va amaliy tarafdan kuchaytirish uchun magistratura fakulteti alohida bo`limga aylantirildi. Bo`limga M.Tagayev (2007-2009-yy.), professor Y.Qutibayeva (2010-2012-yy.), yuridik fanlari nomzodi, dotsent A. Gulimovlar (2012-2020-yy.) rahbarlik qilishdi. Hozirgi kunga kelib PhD, dotsent I.Allambergenov bo`lim boshlig`i lavozimida ishlab kelmoqda. Metodist Karakulov Aqilbek bo`limning umumiy vazifalarini bajaruvchisi sifatida o`z faoliyatini olib bormoqda.

2017-2018-o`quv yilida magistratura bo`limiga 22 ta mutaxassislik bo`yicha, 2018-2019-o`quv yilida 24 ta mutaxassislik bo`yicha magistrantlar qabul qilingan bo`lsa, 2020-2021-o`quv yiliga kelib ushbu mutaxassisliklar soni 46 taga yetdi. 

Bo`limda o`qib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan magistrantlarimiz xorijda va respublikamizda bir qancha sohalarda ko`plagan yutuqlarga erishib kelishmoqda. Jumladan, 2008-2009-o`quv yilida Toshkent shahrida bo`lib o`tgan bitiruvchi kurs magistrantlar o`rtasida “Eng yaxshi magistrlik dissertatsiya” tanlovida universitetimizning 5 nafar magistranti faxrli 1-o`ringa munosib, deb topildi.

Magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qobiliyatli hamda olmga chanqoq yoshlarning haqqoniy tanlab olinishi o`zining ijobiy natijasini bermoqda. Ziyrak magistrantlarimiz o`qishdagi, fandagi, madaniyat va sport sohalaridagi yutuqlari bilan universitetimizning iftixoriga aylanmoqda.

Aytmuratov Rinat 2010-yili, Aldabergenov Isatay 2012-yili, Egamberdiyev Eduard 2014-yili, Palimbetova Malika va Seytnazarova Guljaxanlar 2016-yili, Bektursinov Aysultan 2017-yili, Ayimbetov Zamira 2018-yili Prezident stipendiyasi, Yakubov Rozimbay, Kenjebayeva Gulnur, Jumamuratova Muhabbat, Zarimbetov Abdikamal, Aleuova Ravshanay, Mambetnazarov Genjemurat, Kutlimuratova Nasiba, Qalilayeva Baxitli, Qutlimuratov Muxammed, Begjanova Gulzada, Seytjanova Luiza, Radjapova Sarvinisolar Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Shamishova Aysholpan, Uzaqbayev Qoblan, Arepbayev Islam, Orazova Shaxnoza, Bektursinova Dilnura, Abdreymova Gulnoza Ulug`bek nomidagi davlat stipendiyasi sohib va sohibalariga aylanishdi, Bundan tashqari, Joldasbayev Paraxat 2015-yili “O`zbekiston ko`krak nishoni” belgisi, Mambetnazarov Islam “Mard o`g`lon” davlat mukofoti,  Aximbetova Gulbahor, Mambetrizayeva Nesibeli, Alyeva Zamira va Orazimbetova Aysholpanlar “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo`lishdi.

Arziyev Ruslan 2008-yili respublikamiz bo`yicha o`tkazilgan “Zomin” yoshlar tanlovida faxrli 1-o`rinni egalladi, bundan tashqari sportning “Karate-do” turi bo`yicha 2009-,2010-,2011-yillarda O`zbekiston chempioniga aylandi. Bundan tashqari, Maxamatdinova Lola “Kelajak ovozi”, “Iqtidorli talabalar” va “Nihol” mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, 2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Penza shahrida bo`lib o`tgan “Yil talabasi 2021” XVII xalqaro ilmiy tadqiqot tanlovida 1-bosqich magistrantlarimiz Bekniyazova Gulchexra va Sarsenbayev Davletbay g`olib deb topildi.

Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ma’lum darajada uning intelektual salohiyati bilan belgilanadi. Ilmiy salohiyati kuchli davlatni esa butun dunyo tan oladi. Bu tomondan esa universitetimizning professor-o`qituvchilari bo`lajak olim va olimalarimizning bilimli, ilmli bo`lishi uchun o`zlarining bor imkoniyatlarini ayamaydi.

 

t/r

Shifr

Mutaxassisliklar

1

5А111601

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi (maʼnaviyat asoslari)

2

5А112001

Jismoniy tarbiya va sport mashqlarining nazariyasi va uslubiyati

 

5А120101

Аdabiyotshunoslik:

3

5А120101

Аdabiyotshunoslik: (o`zbek adabiyoti)

4

5А120101

Аdabiyotshunoslik: (qoraqalpoq adabiyoti)

5

5А120101

Аdabiyotshunoslik: (rus adabiyoti)

6

5А120101

Аdabiyotshunoslik: (qozoq adabiyoti)

7

5А120101

Аdabiyotshunoslik: (turkman adabiyoti)

 

5А120102

Lingvistika:

8

5А120102

Lingvistika: o`zbek tili

9

5А120102

Lingvistika: qoraqalpoq tili

10

5А120102

Lingvistika: rus tili

11

5А120102

Lingvistika: ingliz tili

12

5А120102

Lingvistika: turkman tili

13

5А120102

Lingvistika: qozoq tili

14

5А120102

Lingvistika: nemis tili

15

5А120201

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʼyicha)

16

5А120302

Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yicha)

17

5А120401

Аrxeologiya

18

5А120501

Falsafa (qo`llash sohasi)

19

5А121401

Etnografiya, etnologiya va antropologiya

20

5А130101

Matematika (yo`nalishlar bo`yicha)

21

5А130201

Аmaliy matematika (sohalar bo`yicha)

22

5А140101

Biologiya (fan yo`nalishi bo`yicha)

23

5А140201

Fizika (yo`nalishlar bo`yicha)

24

5А140501

Kime (fan yo`nalishi bo`yicha)

25

5А140602

Geografiya (o`rganish obyekti bo`yicha)

26

5А140702

Gidrometeorologiya (faoliyat turi bo`yicha)

27

5А141001

Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo`yicha)

28

5А220101

Jurnalistika (xizmat turlari bo`yicha)

29

5А220103

Televideniya va radio eshittirish

30

5А230102

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

31

5А230108

Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish

32

5А230601

Davlat moliyasi va xalqaro moliya

33

5А230901

Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʼyicha)

34

5А240108

Davlat boshqaruvi huquqi

35

5А240116

Jinoyat qonunchiligini qo`llash nazariyasi va amaliyoti

36

5А240118

Huquq va biznes

37

5А310203

Elektr stansiyalari

38

5А311901

Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish

39

5А313401

Geodeziya va geoinformatika

40

5А320401

Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo`yicha)

41

5А321302

Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi

42

5А340302

Shahar transporti xo`jaligi va aloqa yo`llari

43

5А340401

Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo`yicha)

44

5А340502

Devorbop va pardozbop materiallar texnologiyasi

45

5А411101

Dorivor o`simliklarni yetishtirish texnologiyasi

46

5А630102

Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

 

 

 

Foydali havolalar

Skip to content