Эслатма

Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi. Joriy yil ham 5 tagacha yoʻnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi.

Prezident qaroriga koʻra, abituriyentlarga: test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi; roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 boʻladi Demak, joriy yilda xuddi oʻtgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 boʻladi

Мajburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi)

1) Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili)

2) Мatematika

3) Oʻzbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi har biri uchun 1,1 ball beriladi. Majburiy blokdan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 33 ball

Тa’lim yoʻnalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yoʻnalishiga qarab oʻzgaradi)

1-fan – 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball

2-fan – 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball

Mutaxassislik fanidan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 156 ball

Oʻylash uchun jami 3 soat vaqt. Agar chet tilidan sertifikati boʻlsayu, faqat majburiy blok va 1 ta mutaxassislik fanidan test topshirsa, unda 2 soat beriladi. Bu vaqt ichiga javoblarni boʻyash ham kiradi, ya’ni boʻyash uchun alohida qoʻshimcha vaqt berilmaydi.

Joriy yil 5 ta fan 90 ta savol, 189 maksimal ball.

 

Kimlar test sinovlari uchun toʻlov pulidan ozod qilinishi mumkin?

2022 yilda taʼlim muassasalarini tugatayotgan akademik litsey, kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari ham toʻlovlarni amalga oshirmaydi. Bundan tashqari oldingi yillar bitiruvchisi boʻlsa ham maʼlum toifa bitiruvchilari test sinovlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Ular nogironligi boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotidagi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ham test sinovlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Toʻlov bazaviy xisoblash miqdorining yarim baravari, yaʼni 150 ming soʻmni tashkil etadi.

Foydali havolalar

https://kbscustoms.asean.org/slot-online/https://www.journaltokaz.org/slot-gacor/https://marinelitterlab.eu/slot-gacor/https://www.revistapangea.org/slot-gacor/https://bxartsfactory.org/slot-gacor-maxwin/https://litpam.com/wp-includes/-/slot-gacor-4d/https://www.joninstitute.org/slot-gacor/https://journalofcoms.com/slot-gacor/https://ejournal.umrah.ac.id/slot-gacor/https://bxartsfactory.org/slot-pulsa/slot gacorslot gacorslot gacorslot gacorslot gacorslot gacorhttps://snip.eng.unila.ac.id/slot-deposit-pulsa/https://www.koperzone.com/wp-content/slot-gacor/https://stis.ac.id/slot-gacor/