Ўзбек тили ва адабиёти кафедраси

 

Qoraqalpoq davlat universitetida o`zbek filologiyasi bo`limi 1994-yil qayta tashkil qilingan bo`lib,  dastlab, talabalarga umumkasbiy va mutaxassislik fanlardan dotsent A.Madaminov va X.Abdullayevlar dars berishgan. Bo`limning professor o`qituvchilari tarkibiga 1995-yilda F.Bobojonov, 1996-yilda N.Yangiboyevalar  kelib qo`shilgan. Mazkur yilda  o`zbek filologiyasi kafedrasi tashkil etilgan. 1997-yilda dotsent F.Salayev, o’qituvchilar: I.Qurbonboyev va Z.Qobulova, 1998-yilda Q.Qodirov va Z.Baltayeva, 1999-yilda Sh.Abdullayev va O.Duysenbayev, 2002-yilda R.Madaminova, I.Kazakov, M.Kurbaniyazov, M.Ataniyazova, 2006-yilda M.Bobojonov, 2008-yilda A.Yusupov, 2012-yilda X.Tulibaev, N.Qilichov, 2016-yilda M.Sadullayeva, 2017-yilda L.Tajibaeva, U.Berdibaev, G’.Atajanovlar kafedra professor-o’qituvchilari safiga kelib qo’shilgan.

          O`zbek filologiyasi kafedrasi 1996-yil 21-dekabrda tashkil qilingan. Uning dastlabki mudiri sifatida dotsent A.Madaminov faoliyat ko`rsatgan. 2001-yildan boshlab kafedrani dotsent F.Sаlayev boshqargan. O`zbek filologiyasi kafedrasi 2003-yil yanvar oyidan o`zbek adabiyotshinosligi va o`zbek tilshunosligi kafedralariga bo`lingan. Kafedralarni F.Salayev, F.Bobojonovlar boshqardi.

          2005-yil sentabr oyidan bu kafedralar biriktirilib, o`zbek filologiyasi kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi va unga kafedra mudiri sifatida F.Bobojonov saylandi. 2008-yil iyul oyidan boshlab, bu kafedrani X.Abdullayev, 2011-yildan boshlab dotsent F.Bobojonov boshqardi.

          2015-yil 2-sentabrda O`zbek filologiyasi kafedrasi O`zbek tilshunosligi va O`zbek tili va adabiyoti kafedralariga ajratildi. O`zbek tilshunosligi kafedrasini f.f.n.I.Kazakov, O`zbek tili va adabiyoti kafedrasini f.f.n.I.Qurbаnbаyev boshqarmoqda.

          O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi respublikaning bir qancha oliy o`quv yurtlari bilan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`yicha hamkorlik qilmoqda. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot (hozirgi paytda O’R FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti) bilan o`rnatilgan hamkorlik aloqalari o`z natijalarini ko`rsatmoqda.

          1999-2002-yillarda kafedra o`qituvchisi I.Qurbanbayev, 2001-2004-yillarda O.Duysenbayev shu institutning aspiranturasida tahsil olib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo`ldi. Shu kunga qadar kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 5 monografiya, 20 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanma va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan. Jumladan, kafedra professor-o’qituvchilaridan X.Abdullayev, G.Avezova, M.Kurbaniyazov, X.To’libaev, N.Yangibaeva, R.Madaminova, Z.Kabulova, M.Sadullayeva. L.Tajibaevalarning ilmiy maqolalari Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston va Turkiya davlatlaridagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 3 nafari falsafa doktori (Ph.D), 5 nafari fan nomzodi va dotsentlardir.

Qurbanbaev Ilhombek Aminbayevich filologiya fanlari nomzodi dotsent. 1974-yili 20-sentabrda Nukus shahrida tug’ilgan. 1996-yili Nukus pedagogika institutini tugatgan. 1996-yildan Qoraqalpoq davlat universitetida faoliyat olib boradi. Mutahasisligi o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. 2005-yil “90-yillar o’zbek lirikasida obrazlilik” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. Shundan 2 o’quv qo’llanma nashr etilgan. 2016-yildan kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

Курбаниязов Махсуд Алламбергенович, фалсафа фанлари доктори (Ph.D), 1977 йил 8 инюнда Амударё туманида туғилган. 2002 йилдан Қорақалпоқ давлат университетида фаолият олиб боради. 2019 йилда «XIV аср ўзбек адабиётида ҳикоят жанри тараққиёти («Қисаси Рабғузий» мисолида)» мавзусида докторлик (Ph.D) диссертациясини ҳимоя қилган. 50 дан ортиқ илмий мақола ва тезислари эълон қилинган, 1 та ўқув қўлланмасига ҳаммуаллифлик қилган. 2020 йил март ойидан Ўзбек филологияси факультети декани лавозимида ишлаб келмоқда.

 

Duysenbaev Olimjon Ismailovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1978yili 13-fevralda Amudaryo tumanida tug’ilgan. 1999-yili Qoraqalpoq davlar universitetini tugatgan. 1999-yildan Qoraqalpoq davlar universitetida faoliyat olib boradi. Mutahasisligi filolog. 2011-yilda “O’tkir Hoshimov asarlarida ona obrazi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy-publisistik maqolalari e’lon qilingan. 2015-2016- yillarda o’zbek tili va adabiyooti kafedrasi mudiri, 2016-2017-yillarda o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, 2017-2018-yillarda ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i, 2018 yil oktabr oyidan O’zbek filologiyasi fakulteti dekani, 2019-yil aprel oyidan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor, 2020-yil fevral oyidan boshlab O’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Salayev Fayzulla, filologiya fanlari nomzodi,dotsent. 1950-yili 1-aprelda Xorazm viloyati Gurlan  tumanida tug’ilgan. 1978-yili Toshkent davlat universitetini tugatgan. Mutahasisiligi jurnalist. 1997-yildan Qoraqalpoq davlar universitetida faoliyat olib boradi. 1994-yilda “Hozirgi o’zbek ilmiy fantastikasida inson va tabiat munosabatlari masalasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. 1 monografiya, 3 o’quv qo’llanma nashr etilgan. 2001-yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

Abdullaev Xamro Dauletbaevuch, filologiya fanlari nomzodi dotsent 1971-yil 26- aprelda Xo`jayli tumanida tug`ilgan. 1993-yil Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan. 1994- yildan Qoraqalpoq davlat universitetida faoliyat ko`rsatdi. Mutaxasisligi o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi. 2005-yili “Xalq maqollarining”Qutadg`u bilig” poetikasidagi o`rni va badiy estetik vazifasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 1 monografiya, 4 o`quv qo`llanmasi nashr etildi. 2011-yilda  O`zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko’rsatgan.

 

Avezova Gulnora Samandarovna  filologiya fanlari nomzodi  1962-yil 10- oktabrda  Amudaryo  tumanida tug`ilgan. 1984-yil Toshkent davlat  universitetini  tugatgan. 1997-yildan Qoraqalpoq davlat universitetida faoliyat ko`rsatdi. Mutaxasisligi  jurnalist. 2012-yili “Roman kompozitsiyasining badiiy yaxlitlikda tutgan o`rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 40 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Jumladan,  1 monografiya, 1 o`quv qo`llanmasi nashr etilgan. 1992-yildan boshlab kafedrada faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, kafedrada M.Qurbaniyazov, M.Ataniyazova, N.Yangibayeva, Z.Qabulova, R.Madaminova, Z.Baltayeva , A.Yusupov, X.Tulibayev, M.Sadullayeva, L.Tajibayeva, U.Berdibayev, G`.Atadjonovlar o`qituvchi bo`lib faoliyat olib bormoqdalar.

Foydali havolalar

Skip to content