slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
«Алгоритмлаш ва дастурлаш технологиялари» кафедраси | Karakalpak state university

«Алгоритмлаш ва дастурлаш технологиялари» кафедраси

Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi

Respublikamizda iqtidorli va bilimli yoshlarni aniqlash, ularni aniq bir sohaga yo‘naltirgan holda chuqurlashtirilgan shaklda o‘qitish hamda iqtisodiyotning talab yuqori bo‘lgan sohalariga jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bizga sir emas, davlatimizda AKT sohasida kadrlar bo‘yicha bir qancha masalalar bor. Bu masalani tub mohiyatini o‘rganish va yechish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida avvaldan shakllangan ilmiy maktablar bilan AKT sohasida hamkorlikda ishlashni kuchaytirish va 2020-yil mamlakatimizda «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish» yili deb e’lon qilinganligini hisobga olgan holda 2020/2021 o‘quv yilidan Matematika fakulteti tarkibida «Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari» kafedrasi tashkil qilindi.

Hozirgi kunda kafedrada 10 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, ulardan 3 nafari fan nomzodi, 2 nafari katta o‘qituvchi va 5 nafari assistent-o‘qituvchilar.

Jumladan, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Berdimuratov Murat Karlibaevich, texnika fanlari (PhD) doktori, dotsent Samandarov Batirbek Satimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Eshmuratov Shavkat Artıqbayevich, shuningdek, kafedrada katta o‘qituvchilar R.Utemuratov, R.Shıxiyev, assistentlar M.Qazımbetova, Sh.Tajibayev, B.Absametov, T.Jorabekov va B.Geldibayevlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston milliy universiteti mos kafedralari bilan o‘quv va ilmiy yo‘nalishlarda tajriba almashish amalga oshirilmoqda, bundan tashqari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori A.Nishanov, O‘zbekiston milliy universiteti professori A.Qabulovlar talaba-yoshlarga o‘z bilimlarini berib kelmoqdalar.

Shuning bilan birga chet davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2020/2021 o‘quv yilida Fransiyanıng Bordo universiteti o‘qituvchisi, Informatika fanlari doktorı (Docteur en Informatique) S.Medetov tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn darslar tashkillashtirildi.

Bugungi kunda kafedrada talabalar uchun «Sport dasturlash» va «WEB dasturlash» to‘garaklari doimiy faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar birgalikda ilmiy maqolalar majmuini bosmadan chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish uchun ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2020-yil kafedra professor-o‘qituvchilaridan Qudaybergenov Adilbay, Pirimbetov Azamat, Raximberdiyev Quvonchboylar Mırza Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga maqsadli doktoranturaga yuborildi hamda kafedra o‘qituvchilari S.Mırzatayev va E.Urazımbetovalar bir yillik ilmiy erkin izlanuvchilik ishlariga (stajorlik) yuborildi.

Oliy ta’lim muassasalarida ziyrak va qobiliyatli talabalar bilan ishlash, hozirgi zamon talablariga javob beradigan tajribali, raqobatbardosh, yuqori bilimli, erkin fikrlash va o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilimga, innovatsion texnologiyalarni yaratish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash hamda «Ustoz-shogird» yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarning ijodiy qobiliyatlarini oshirish hamda faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat. Bunga aniq misol tariqasida, shu yilning 14-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Omsk shahrida bo‘lib o‘tgan «Вопросы современных научных исследований» atamasidagi xalqaro konferensiyada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Rajjabboyeva Sohiba qatnashib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

«Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari» kafedrasi 4-kurs talabasi Qudaynazarov Muxammed  2021-yil 11-18-mart kunlari oralig‘ida «Erkin yosh avlod, sizga zo‘r qanot» shiori ostida o‘tkazilgan festivalning «Eng yaxshi o‘ylab topuvchisi» tanlovi sovrindori bo‘ldi.

10-11-sinf o‘quvshilari orasida Respublika miqyosida Informatika fanidan Qoraqalpoq davlat universiteti «Rektor kubogi» ochiq olimpiadasi o‘tkazildi va g‘oliblar taqdirlandi. «Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari» kafedrasi tomonidan maktab o‘quvchilarini baholashda dasturlash bo‘yicha online-contest (http://allpro.uz), informatika bo‘yicha onlayn test shakllarida o‘tkazishda baholashlar maxsus tizimlar (ejudge) orqali avtomatik tarzda baholandi va yechim qabul qilindi.

Kafedra sayti

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari

 

Bеrdimurаtоv Murаt Kаrlıbаyеvich, fizikа-mаtеmаtikа fanlari nomzodi, dоtsеnt. 1963-yil 10-fеvrаldа Nukus shahrida tug‘ilgan. 1989-yil Nukus davlat univеrsitеtini tаmomlаgаn. 1992-1997-yillаr oralig‘ida Kiyеv davlat univеrsitеtida ilmiy-tadqiqot ishlаrini olib bordi. 1997-yil «Моделирование и оптимизация в системах солевлагопереноса» mavzusida nomzodlik dissеrtаtsiyasini himoya qildi. 1998-2009-yillаrdа axborot tехnоlоgiya kаfеdrаsi mudiri, shuningdek, mаtеmаtikа fаkultеti dеkаni lаvozimlаridа muvaffaqiyatli mehnat qildi. 2009-2012-yillаr oralig‘ida Nukus davlat pеdаgоgikа instituti rеktоri, 2014-2020-yillar oralig‘ida Amaliy mаtеmаtikа kаfеdrаsi mudiri lаvozimida faoliyat yuritdi. 30 dаn ortiq ilmiy ishlari bosmadan chiqdi. 1 ta о’quv qо’llаnmа, 6 ta о’quv-uslubiy qо’llаnmаsi bosmаdаn chiqqаn. 2020-yil oktabr oyidan boshlab «Аlgoritmlash va dasturlash texnologiyalari» kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Samandarov Batırbek Satimovich, texnika fanlari  (PhD) dоktоrı, dоtsеnt. 1979-yili 6-iyunda Еllikqаl’а tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Qorаqаlpoq davlat univеrsitеti Amaliy mаtеmаtikа va axborot tехnоlоgiyalаr mutaxassisligi bо’yichа mаgistrаturаni tаmomlаgаn. 2019-yil Toshkеnt axborot tехnоlоgiyalаri univеrsitеti prоfеssоri А.Х.Nishаnоv rahbarligida tехnikа fanlari ixtisosligi bo‘yicha «Timsоllаrni аniqlаsh muhitidа elеktrоn tа’lim rеsurslаrini bаhоlаshning аdаptiv mоdеllаri» mavzusidagi (PhD) dоktоrlik dissеrtаtsiyasini himoya qildi. 50 dan ortiq ilmiy ishlari bosmadan chiqdi. 2020-yil oktabr oyidan boshlab «Аlgoritmlash va dasturlash texnologiyalari» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Еshmurаtоv Shаvkаt Аrtıqbаyеvich, tехnikа fanlari nomzodi, dоtsеnt.
Sh.A. Eshmuratov 1977-yil Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tugatib, 2002-2004-yillari universitet «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi assistenti, 2004-2005-yillari Mirza Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakultetida stajirovkada, 2005-2009-yillari ushbu fakultet aspiranti bo‘ldi. U, 2008-yil «Прозрачность принятия решения при синтезе искусственных  нейронных сетей с минимальной конфигурацией»  mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muddatidan oldin 29-oktabr kuni muvaffaqiyatli himoya qildi. U, 2009-2014 yillarda «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi mudiri lavozimida, 2014-2018-yillarda ushbu kafedraning dotsenti lavozimida ishladi. Bugungi kunda  universitetning algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Respublika ilmiy jurnallarida, xalqaro va respublika ilmiy nazariy konferensiyalarda 35 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilindi. Hozirgi vaqtda minimal konfiguratsiyali neyron to‘rlarini sintez qilish bazasida berilganlarning intellektual analizi masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Utemuratov Rustam Bazarbayevich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1980-yil 24-sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanida tug‘ilgan. 2001-yil Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, 2004-yil magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. 2018-yildan  «Investitsiya loyihalari samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalari tizimini takomillashtirish» mavzusida iqtisodiyot fanlari doktorı, professor  Bayxonov Bahodirjon Tursunbayevich rahbarligida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shuningdek, ilmiy-uslubiy ishlari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shixiyev Raxim Muxammetovich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1982-yil 17-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanida tug‘ilgan. 2003-yil Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, 2006-yil magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. 2021-yildan  «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda axborot tizimlaridan samarali foydalanishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)» mavzusida iqtisodiyot fanlari doktorı, professor  Abdullayev Ilyos Sultonovich  rahbarligida ilmiy ish olib bormoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shuningdek, 1 darslik va ilmiy-uslubiy qo‘llanmasi  bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Tajibayev Shuxrat Xudaybergenovich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistenti. 1984-yil 2-sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikası, Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 2005-yil Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, 2007-yili magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. 2019-yildan  «Mеtkali va mеtkali bo‘lmagan ma’lumotlar fazosida sinflashtirish, xududlashtirish va bеlgilarni tanlashning algoritmik ta’minoti» mavzusida texnika fanlari doktorı, professor  Nishanov Axram Xasanovich rahbarligida ilmiy ishlar olib bormoqda. Uning 15 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shuningdek, ilmiy-uslubiy ishlari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisı lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Qazımbetova Muxabbad Maxsetbayevna, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi. 1982-yil 15-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegayli tumanida tug‘ilgan. 2003-yili Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, 2006-yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti magistraturasini muvaffaqiyatli tamomladi. 2020-yildan  «Разностные схемы повышенной точности для решения обратных задач» mavzusida fizika-matematika fanlari doktorı, dotsent D.Utebayev  rahbarligida ilmiy ishlar olib bormoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari va ilmiy-uslubiy ishlari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisı lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Absametov Bayram Bekbosinovich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi. 1980-yil 2-oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida tug‘ilgan. 2002-yili Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, 2004-yili magistraturasini muvaffaqiyatli tamomladi. 2020-yildan  «Qishloq xo’jaligi sug‘orish tizimini takomillashtirish uchun tuproqni monitoring qilish strategiyasini ishlab chiqishda zamonaviy axborot texnololgiyalarini tadbiq qilish» mavzusida Fransiyanıng Bordo universiteti o‘qituvchisi, Informatika fanlari doktorı (Docteur en Informatique) S.K.Medetov  rahbarligida ilmiy ishlar olib bormoqda. Uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari, tezislari va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Jorabekov Timur Kewnimjayevich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi. 1989-yil 14-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumanida tug‘ilgan. 2013-yili Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, 2015-yili Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filiali magistraturasini muvaffaqiyatli tamomladi. 2020-yildan  «IoT texnologiyalar yordamida magistral kanallarda suv resurslarining taqsimlashni avtomatlashtirish» mavzusida Fransiyanıng Bordo universiteti o‘qituvchisi, Informatika fanlari doktorı (Docteur en Informatique) S.K.Medetov rahbarligida ilmiy ishlar olib bormoqda. Uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Geldibayev Begench Yegendurdiyevich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi stajor-o‘qituvchisi. 1991-yil 14-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikası, Nukus shahrida tug‘ilgan. 2018-yili Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Kompyuter injiniringi fakultetini, 2020-yili magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. 2021-yildan «Matnlarni semantik tahlil qilish usullari va tizimlarini ishlab chiqish (qoraqalpoq tili misolida)» mavzusida texnika fanlari doktori, professor A.X. Nishanov rahbarligida ilmiy ishlar olib bormoqda. U bir nechta dasturiy ta’minotlar uchun guvohnomalarning egasi. Uning 10 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shuningdek, ilmiy-uslubiy ishlari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi stajor-o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Qudaybergenov Adilbay Abatbayevich, 1979-yil 2-yanvarda Kegayli tumanida tug‘ilgan. 2000-yili Qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakultetini, 2002-yili magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. «Оптимальное управление процессом распределения водных ресурсов в крупных магистральных каналах (на примере магистрального канала Дустлик)» mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiya ishini himoya qilish uchun prof.A.V.Kabulov rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Uning OAK tarkibidagi va chet el jurnallarida 10 dan ortiq ilmiy maqolalari, respublika va xalqaro konferentsiyalarda 20 dan ortiq tezislari, shuningdek, 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Mırzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida maqsadli tayanch doktoranturada ta’lim olmoqda.
Mırzataev Salamat Muratbayevich, kafedra stajor-izlanuvchisi.  1979-yil 18-noyabrda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2006-yil Qoraqalpoq davlat universiteti «Amaliy matematika va axborot texnologiyalar» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Hozirgi vaqtda 08.00.14. – iqtisodiyotda axborot texnologiyalar va tizimlar yo‘nalishi bo‘yicha «Qishloq xo`jaligida ekonometrik modellardan axborot texnologiyalari asosida foydalanish yo`nalishlarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari bosmadan chiqqan, shuningdek, EHM uchun 3 ta mualliflik guvohnomasi IMA tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Urazımbetova Elzura Pulatovna, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi. 1986-yil 3-martda Qoraqalpog‘iston Respublikası, Nukus shahrida tug‘ilgan. 2007-yili Qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakultetini, 2009-yili magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. 2021-yildan «Количественная оценка когерентности природных сукцессий Южного Приаралья» mavzusida fizika-matematika fanlari doktori Tlewmuratova Biybigul Sarbayevna rahbarligida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Uning 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, shuningdek, 4 ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlari ilmiy tekshirish instituti stajor izlanuvchisi.
Pirimbetov Azamat Oserbayevich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi. 1984-yil 22-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli tumanida tug‘ilgan. 2008-yili Qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakultetini, 2010-yili magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. 2021-yildan  «Математические модели и методы восстановления внутренней структуры по томографическим данным» mavzusida fizika- matematika fanlari doktori, professor  Uteuliyev Niyetbay Uteuliyevich  rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shuningdek, 1 ta o‘quv qo‘llanmasi bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti doktoranti.
Raximberdiyev Quvonchbek Baxtiyorovich, Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari kafedrasi stajer-o‘qituvchisi. 1994-yil 25-sentabrda Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 2017-yili Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-matematika fakultetini, 2019-yili magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi. 2021-yildan «Bank kreditlash faoliyatini takomillashtirishda blokcheyn texnologiyasi mexanizmlari asosida ma’lumotlar ishonchliligini oshirish usul va algoritmlari» mavzusida fizika – matematika fanlari doktorı, professor  Jo‘rayev G‘ayrat Umarovich  rahbarligida ilmiy ish olib bormoqda. Uning 15 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, shuningdek, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari bosmadan chiqdi. Hozirgi vaqtda u Mırzo Uluǵbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti doktoranti.

 

Foydali havolalar