slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
TABIIY GEOGRAFIYA VA GIDROMETEOROLOGIYA KAFEDRASI | Karakalpak state university

TABIIY GEOGRAFIYA VA GIDROMETEOROLOGIYA KAFEDRASI

Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi universitetdagi daslabki tashkil qilingan kafedralardan birining asosida tashkil bo‘lgan bo‘lib, uning asosi  1948-yili Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining Tabiatshunoslik-geografiya fakultetida Geografiya-ximiya kafedrasi nomi shakllangan. Ushbu davrda kafedraga kimyo fanlari doktori F.Z.Fisher rahbarlik qilgan. 1954-1963 yilarda geografiya kafedrasiga dotsent N.A. Bem, 1963-1976 yillari va 1985-1992 yillarda O‘zbekistenga xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, professor J. Matmuratov, 1976-1981 yillarda dotsent A.B. Bekbulatov, 1981-1985 yillarda dotsent T.X.Allabergenovlar rahbarlik etgan.

1992-1993 o‘quv yilidan boshlab Geografiya kafedrasi ikkiga – Tabiyiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralariga bo‘lingan. Tabiyiy geografiya kafedrasiga dastlab 1992-1996 yillari dotsent T.X. Allabergenov, 1996 yildan dotsent P.R. Reymov mudirlik qilgan.

Iqtisodiy geografiya kafedrasiga dotsent E.Umarov 1992 yildan 1997 yilgacha rahbarlik qildi.

1997-1998 o‘quv yilida Tabiyiy va Iqtisodiy geografiya kafedralari yagona Geografiya kafedrasi bo‘lib biriktirildi. Kafedraga 1997-2009 yillari dotsent P.R. Reymov, 2009-2015 yillari dotsent G.A.Xodjaeva, 2015-2019 yillari dotsent N.J. Embergenov rahbarlik qildi.

Ushbu kafedra asosida 2019 yildan universitetda Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti tashkil qilinishiga bog‘liq kafedra ikkiga bo‘lindi – «Geografiya va gidrometeorologiya» va «Geodeziya, kartografiya va tаbiyiy resurslar»  kafedralari.

Geografiya va gidrometeorologiya kafedrasiga 2019-2020 o‘quv yilida dotsent K.J.Allanazarov rahbarlik etdi.

2020-2021 o‘quv yilidan kafedra – «Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya» va «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedralari» bo‘lib yana ikki kafedraga bo‘lindi.

Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasiga tashkil qilingan vaqtdan boshlab dotsent K.J.Allanazarov rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta ta’lim yo‘nalishi (Geografiya va Gidrometeorologiya) hаmda 2 ta magistratura mutaxassislari tayyorlanadi – Geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha), Gidrometeorologiya (xizmat faoliyati bo‘yicha). Kafedrada asosiy shtatta 9 professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi: ulardan 2 nafari fan doktorlari, 2 nafari fan nomzodlari, 5 nafari assistentlar va stajer-o‘qituvchilar.

Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘quv, o‘quv-metodik, ilim-izertleo‘ va ta’lim-tarbiya ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Oxirgi 3 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 ga yaqin ilmiy monografiya, darslik va boshqada o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashrdan chiqarilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonoidan 2019-2021 yillari davlat byudejti asosida 2 ta ilmiy loyiha olib borildi.

Shuningdek, ERASMUS MUNDUS gSmart va Training of Individuals through Mobility from Uzbek Republic to EU loyihalari doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari Avstriya, Vengriya, Slovakiya, Chexiya va boshqa bir qator davlatlarda o‘zlarining malaka va bilimlarini takomillashtirib qaytdi.

Kafedraning navbatdagi majlisi

Geografiya bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari orasida o‘tkazilgan respublika fan olimpiadasida 2009-2010 o‘quv yilida Xayrullaev Birodar fahrli II o‘rinni, 2012-2013 o‘quv yili Kushaev Ruslan I o‘rinni, Gidrometeorologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2016-2017 o‘quv yilida Abdullaev Tazabek II o‘rinni, 2017-2018 va 2018-2019 o‘quv yillari Kalabaev Salao‘at III o‘ringa sazovar bo‘lishdi. Talabalarimizdan Turdibekova Zamira, Axmedova Zulxumor va Kalabaev Salauatlar universitet tomonidan ta’sis etilgan Berdaq nomidagi stipendiya sovrindorlari bo‘lishdi. 2017 yili Kalabaev Salao‘at Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya – 2016-2017» tanlovining «Eng yaxshi maqola» nominatsiyasi bo‘yicha III o‘rin, gidrometeorologiya yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Atabek Raximbaev 2019-2020 o‘quv yili «Yil talabasi» tanlovining Respublika bosqichida «Eng yaxshi bloger» nominatsiyasi g‘olibi, «Eng faol bloger» tanlovining «Eng yaxshi tahliliy makola» nominatsiyasi bo‘yicha I o‘ringa sazovar bo‘lishdi; gidrometeorologiya yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Navruz Eshbaev «Yil talabasi – 2019» tanlovining universitet bosqichida ishtirok etib «Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘iycha eng bilimdon talabasi» nominatsiyasida II o‘rinni egalladi. 2019-2020 o‘quv yilida gidrometeorologiya yo‘nalishi talabasi Atabek Raximbaev «Mard ug‘lan» tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

2021 yili kafedrada tahsil olayotgan talabalar safidan uch nafari O‘zbekiston Respublikasining 30 yilligi Ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi – Tajimuratov Nurbek gidrometeorologiya ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich talabasi, Abdikarimov Salamat gidrometeorologiya ta’lim yo‘nalishi 2 bosqich talabasi, Dauletmuratova Raisa – geografiya ta’lim yo‘nalishi 2 bosqich talabasi.

Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasida faoliyat ko‘rsatayotgan  professor-o‘qituvchilar

 

 

Allanazarov Keunimjay Jannazarovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 1967 yili 1-sentyabrda Xalqobod shahrida to‘g‘ilgan. 1993 yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. 2002 yili «Amudaryo deltasi sug‘orilmaydigan qismining tabiiy sharoiti va resurslarini qishloq xo‘jaligi sohalari maqsadida baholash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 ga yaqin ilmiy-metodik ishlari, jumladan, 2 ta monografiya, 2 darslik, 6 o‘quv va metodik qo‘llanmalari nashrdan qilingan. 1993-2003 yillari universitetning Geografiya kafedrasida faoliyat olib borgan.

2003-2019 yillarda universitetning Ilmiy bo‘limi boshlig‘i, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, Axborot resurs markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

2019-2020 o‘quv yilida Geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi mudiri, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab yangidan tashkil qilingan Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi mudiri.

 

 

 

Ballieva Ruza, geografiya fanlari nomzodi, tarix fanlari doktori, professor.

1959 yili 19 martda Kegeyli tumanida tug‘ilgan. 1982 yili Toshkent davlat universitetining geografiya fakultetini tamomlagan. 1994 yili «Традиционное природопользование в связи с выдохом из экологического кризиса в Приаралье» mavzusida nomzodlik, 2003 yili «Dasturiy tabiatdan foydalanish va Qoraqalpoq etnosi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 150 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan, 2 ta monografiya, 1 ta broshyura, 4 ta darslik, 9 ta o‘quv va metodikl qo‘llanmalari nashr qilingan. 1982-2019 yillari Geografiya kafedrasidda ishlagan. 2020 yildan boshlab Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi professori.

 

 

 

Xojamuratova Roza Tajimuratovna, geografiya fanlari doktori, dotsent.

1971 yili 3 noyabrda Zarafshan shahrida tug‘ilgan. 1993 yili Qoraqalpoq davlat universitetining Kimyo yo‘nalishini tamomlagan. 2009 yili “Гидрологическая роль коллекторно-дренажных вод Республики Каракалпакстан в условиях дефицита водных ресурсов” mavzusida nomzodlik, 2020 yili «Комплексная оценка влияния мелиорации на гидроэкологическое состояние водных ресурсов Республики Каракалпакстан и пути его уменьшения» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 ortiq ilmiy-metodik ishlari, jumladan, 2 ta monografiya, 1 ta o‘quv metodik qo‘llanma, 1 ta broshyura nashr qilingan. 2 ta amaliy loyihaga rahbarlik qilgan. 2021 yildan Geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi dotsenti.

 

 

 

Sultashova Oralxan Genjebaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

1977 yili 1 sentyabrda Qanliko‘l tumanida tug‘ilgan. 2001 yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. 2011 yili «O‘zbekiston tuproqlari issiqlik rejimi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 7 ta o‘quv va metodik qo‘llanmalari nashr qilingan. 2013 yili «Ilm yulduzlari» tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi. Xalqaro loyiha doirasida Vengriya davlatida ilmiy saparda bo‘lgan.

2015-2020 yillarda Geografiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2020 yildan Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya kafedrasi dotsenti.

 

Shuningdek, kafedrada assistent va stajer-o‘qituvchilardan M.Tolepbergenov, Q.Karimbaev, S.Ramberdieva, G.Reymova, T.Abdullaevlar faoliyat olib bormoqda.

 

Foydali havolalar