slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
«INSAN HUQUQLARI, DAVLAT HUQUQI VA BOSHQARUV» KAFEDRASI | Karakalpak state university

«INSAN HUQUQLARI, DAVLAT HUQUQI VA BOSHQARUV» KAFEDRASI

Qoraqalpoq davlat universitetining tashkil etilishi bilan 1977-yili Tarix-geografiya fakulteti tarkibida «Huquqshunoslik» kafedrasi ochilib, 1993-jilda shu kafedra negizida Yuridika fakulteti tashkil etildi va bitta kafedra faoliyat olib borgan. 2000-yildan e’tiboran «Huquqshunoslik» kafedrasi 3 kafedra – «Davlat huquqi va boshqaruv», «Fuqarolik va xo‘jalik huquqi», «Jinoyat huquqi, protsesi va kriminalistika» kafedralari bo‘lib ajratilib faoliyat olib bordilar. 2014-yili bu kafedralar qaytadan qo‘shilib, «Huquqshunoslik» kafedrasi bo‘lib qayta tashkil etildi. «Inson huquqlari, davlat huquqi va boshqaruv» kafedrasi Qoraqalpoq davlat universitetining yangi kafedralaridan hisoblanib, 2020-yilda «Huquqshunoslik» kafedrasi asosida «Jinoyiy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy fanlar» kafedrasi bilan «Inson huquqlari, davlat huquqi va boshqaruv» kafedralarining ajratilishi natijasida tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Kafedramiz asosan 60420100 – «Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar bosqichi talabalarini yurisprudensiya sohasining bazaviy-nazariy, fundamental fanlarini va inson huquqlari, davlatchilik va davlat boshqaruvi bo‘yicha fanlarni o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lib, hamda 70420106 – «Davlat boshqaruvi huquqi» mutaxassisliklari bo‘yicha magistr kadrlarni tayyorlaydi. Bu orqali mamlakatimizda yurisprudensiyaning rivojlanishida va oliy ma’lumotli yurist mutaxassislarni tayyorlashda, buning ustuvor natijasi sifatida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga munosib hissa qo‘shmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari bilan magistratura mutaxassisligi talabalari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalarining birlashmasi bilan birgalikda fakultetda tashkil etilgan «Yuridik klinika» doirasida aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan, hamda fakultetda «Street law», «Mass media» to‘garaklari doirasida talabalar bilan yaqindan ishlamoqda. Kafedrada yu. i. d., professor E. D. Qutibaeva, yu. i. d., professor Z. A. Reymova., yu. i. k., docent A. B. Gulimov, yu. i. k., docent B. A. Daumenov, yu. i. k X. Kabulov, yu. i. k. T. Qallibekovlar, yu. i. b. f. d. (PhD), docent, kafedra mudiri A. O. Jumanov, yu. i. b. f. d. (PhD) G. M. Berdimuratova, katta o’qituvchi S. B. Tanırbergenov, assistent-o’qituvchilar B. Jarekeev, G. Pirniyazova, O. Ismaylov, stajyor o’qituvchilar L. Ismaylova, D. Al’niyazov, Q. Ismaylov, Sh. Burxanovalar va tayanch doktorantlar U. Matirzaev, S. Amaniyazova va G. Shagilovalar ilmiy-pedagogik xizmat ko’rsatmoqda.

 

 

Kafedrada faoliyat olib borayorgan ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar .

Jumanov Azamat Oralbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. «Inson huquqlari, davlat huquqi va boshqaruv» kafedrasi mudiri. 1983-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonlikól tumanida tug‘ilgan. 2008-yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini «Fuqarolik huquqi, oila huquqi, fuqarolik protses» mutaxasisligi bo‘yicha magistratura bosqichin tugatgan. 2019-yili O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Xarbiy-texnik institutida 12.00.06 – «Tabiiy resurslar huquqi, agrar huquq, ekologiya huquqi» yo‘nalishi bo‘yicha «Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashning ekologik-huquqiy muammolari» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. 40 dan ortiq ilmiy metodik mehnatlari nashr etildi. Jumladan, 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv-metodik qo‘llanma chop etildi. 2019-yildan e’tiboran Qoraqalpoq davlat universitetida dotsent lavozimina faoliyat olib bormoqda.

Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlari doktori, professor, yuridika fakulteti dekani. 1957-yili 21-noyabrda Nukus shahrida tug‘ilgan. 1980-yili Toshkent davlat universitetini tugatgan. Mutaxassisligi yurist. 1985-yili «Avtonomiyalı respublikanıń mámleketlik basqarıw organları» (Avtonom respublikaning davlat boshqaruvi organlari) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1999-yili «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimiyatining ijroiya organlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 95 dan ortiq ilmiy metodik mehnatlari nashr etildi. Shuning ichida 3 ta monografiya, 15 ta darslik va o‘quv-metodik qo‘llanma nashrdan chiqgan. Uning boshchiligida 3 doktorlik (PhD) va 1 doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoya qilindi. 2011-yildan boshlab Qoraqalpoq davlat universitetida professor lavozimida ishlamoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining a’zosi.

 

 

Reymova Zuxra Abatbaevna, yuridik fanlari doktori, professor. 1972-yili 18-yanvarda Nukus shahrida tug‘ilgan. 1994-yili Qoraqalpoq davlat universitetini tugatgan. Mutaxassisligi yurist. 2004-yili «Qaraqalpaqstan Respublikasında puqaralardıń ózin-ózi basqarıw uyımlarınıń huqıqıy statusı» (Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomi) mavzusida nomzodliq dissertatsiyasini himoya qildi. 2018-yili «Qaraqalpaqstan Respublikasında puqaralardıń ózin-ózi basqarıw uyımları xızmetiniń shólkemlestiriwshilik-huqıqıy tiykarları» (Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 80 dan ortiq ilmiy mehnatlari nashr etildi. Jumladan, 4 ta monografiya, 16 ta o‘quv qo‘llanma va 6 ta o‘quv-metodik qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi aʼlochisi. 2020-yildan e’tiboran Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qonunchilik, sud-huquq va korruptsiyaga qarshi kurash masalalari qo‘mitasining raisi.

 

Dawmenov Berdaq Aytmuratovich, yuridik fanlari nomzodi, dotsent. Qoraqalpoq davlat universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i. 1978-yili Qorao‘zak tumanina tug‘ilgan. 2002-yili Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan. Mutaxassisligi yurist. 2010-yili «Qaraqalpaqstan Respublikası hákimiyatı apparatı xızmetin shólkemlestiriw» (Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimiyati apparati faoliyatini tashkil etish) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 50 dan ortiq ilmiy metodik mehnatlari nashrdan etilgan. Jumladan, 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, bir nechta o‘quv-metodik qo‘llanmasi chop etilgan. 2011-yildan e’tiboran Qoraqalpoq davlat universiteti dotsent lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Gulimov Amanliq Bazarbaevich, yuridik fanlari nomzodi, dotsent. 1975-yili 24-aprelda Kegeyli tumanida tug‘ilgan. 1997-yili Janubiy Qozog‘iston ochiq universitetini tugatgan. Mutaxassisligi yurist. 2007-yili «Oraylıq Aziyanı yadro quralısız aymaqqa aylandırıwdıń xalıq aralıq huqıqıy mashqalaları» (Markaziy Osiyoni yadro qurolidan holi hududga aylantirishning xalqaro huquqiy muammolari) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bir nechta ilmiy metodik mehnatlari nashrdan chiqgan. Hozirda doktoranturada o‘qimoqda.

Berdimuratova Gulnaz Murat qizi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 1991-yili 17-iyunda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2013-yili Toshkent davlat yuridik universitetini tugatgan. Mutaxassisligi yurist. 2021-yili 12.00.02 – «Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» yo‘nalishi bo‘yicha «Konstitucionno-pravovie osnovi reformirovaniya sudebnoi vlasti v Respublike Karakalpakstan» (Qoraqalpog‘iston Respublikasida sud-huquq tizimini isloh qilishning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari) mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 4 ta ilmiy metodik mehnatlari nashr etilgan. Shundan 1 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. 2021-yildan e’tiboran Qoraqalpoq davlat universitetida dotsent lavozimina faoliyat olib bormoqda.

Kabulov Xojabay Aldashevich, yuridik fanlar nomzodi. 1954-yil 5-oktabrda Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 1982-yili Nukus davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan. 2012-yil 12.00.01 – «Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi» ixtisosligi bo‘yicha «Судебная власть в Республике Каракалпакстан. (Историко-правовое исследование)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 30 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. 2021-yildan e’tiboran Qoraqalpoq davlat universitetida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Qallibekov Togʻaytore Shinibekovich, yuridik fanlar nomzodi. 1997-yil 25-aprelda Chimboy tumanida tug‘ilgan. 1989-yili Nukus davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan. 1997-yilda 12.00.03 – «Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq» ixtisosligi bo‘yicha «Diyxan (fermer) xojaliqlariniń puqaraliq huqiqiy statusi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 40 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. 2022-yildan e’tiboran Qoraqalpoq davlat universitetida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Foydali havolalar