Qoraqalpoq yoshlari qushlar bayramini nishonlamoqda | | Karakalpak state university

Qoraqalpoq yoshlari qushlar bayramini nishonlamoqda

Qushlar  yerdagi tirikchilikning ajoyib  timsoli bo`lib, biz ularni  go`zallik va ozodalik ramzi sifatida  qadrlaymiz.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni bayrami har yili o`tkazilib kelinmoqda. An’anani davom ettirish maqsadida  joriy yilning 2-aprel kuni Tabiatshunoslik fakultetida  qushlar bayrami «ОTUS» talabalar ornitologik klubi boshchiligi va klub a`zolari bilan birgalikda bayram tadbiri o`tkazildi.

 Unda O`zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi partiya tashkiloti kengashi raisi A.Begimova, Nukus shahridagi №23 va №33 sonli maktab o`qituvchi ham o`quvchilari, fakultet  professor  o`qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Qushlar tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo`lib, o`simliklarni changlantirish, urug`larni tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni sonini boshqarishdan iborat. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog` va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uygotadi. Hozirgi paytlarda qushlarning soni tobora kamayib bormoqda.

 Ayniqsa, qushlar  uchun shishali yuzalar katta xavf tug`diradi. Binolarning deraza  va shisha panellari – qushlarning  «dushmanlari» hisoblanadi.

Gap shundaki, qushlar shishalarni ko`rmaydilar va ko`pincha ularga to`qnashadilar. Shishali yuzalarda butalar, daraxtlar, osmon va  qushlarning o`zlari akslanadi. Bu esa  qushlarni jalb qilib,  ularning o`limiga  sabab bo`lishi, bu muammo hozirgi kunda butun dunyoda shu jumladan, bizning mamlakatimizda ham dolzarb hisoblanmoqda.

Shuning uchun uyimizning oynalarini  yuzasini qushlar uchun seziladigan qilsangiz xavfsiz bo`ladi. Oynalarning tashqi tarafiga qushlar rasmlarini va boshqa turli naqshlarni yopishtiraylik. 1-aprel – Xalqaro qushlarni himoya qilish kuni munosabati bilan «OTUS» klubi aksiya o`tkazmoqda  bunda barcha talabalarni faol qatnashingizni so`raymiz, buning bilan shu bizning qanotli do`stlarimizni hayotini saqlab qolishga bo`lgan ozgina yordamimiz hisoblanadi.

Tadbir davomida talabalar  va o`quvchilar tomonidan sayroqi qushlar parvarishi,tabiatni asrash, yashil olam vakillari hamda qanotli do‘stlariga bo‘lgan munosabati chizgan rasmlari, she’rlari, tayyorlagan targ‘ibot plakatlari orqali aks ettirildi. 

Qushlardan iborat ko‘rgazma tashkil etilib, o‘quvchilar tabiatga yaqinlik, jonivorlarga g‘amxo‘rliklarini namoyish qilishdi.

Shunindek, «Qushlar shishali yuzalarga to`qnashmaslikka yordam beraylik!» shiori ostida talabalar va o`quvchilar  yopishqoq rang-barang  qog`ozlarga qushlar rasmlarini chizishdi va ularni kesib qushlar rasmlarini fakultetimiz derazalari oynalariga  yopishtirib chiqishdi.

Xalqimizda yildan yilga qushlarning ahamiyatini to`g`ri baholab ularga g`amg`orlik qilishini takomillashtirmoqda. Ularning turlarini ko`paytirish insonlarning ham ularga munosabatini to`g`ri yo`naltirish uchun chora tadbirlar olib borilib  qushlar kuni mana shunday bayram darajasiga yetkazildi. Albatta bu harakatlar besamar ketmaydi degan umiddamiz va sizlarni ham safimizga chaqirib qolamiz!

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi, JTK a`zosi.

Foydali havolalar