slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi | | Karakalpak state university

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

 Tabiatshunoslik fakulteti  majlislar zalida 9-aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga 26 yil to‘lishi munosabati bilan uchrashuv kechasi  o`tkazildi.

Unda Tarix va huquq fakulteti huquqshunoslik kafedrasi katta o`qituvchisi D.Saparov va fakultet professor-o`qituvchilari  hamda talaba yoshlar qatnashdi.

 Uchrashuvni fakultet yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbasari  J.Muynakbaev ochib berdi va o`z nutqida Konstitutsiya davlat huquqiy  tuzumining asosi sifatida yuqori statusga ega ekanligini, u o‘zining obro’yi va yuridik kuchi ko‘z qarashidan hamma qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlardan yuqori turadiganligini huquqiy davlat tuzishda Konstitutsiyaning ahamiyatini aytib, yig‘ilish qatnashchilarini bayram bilan tabriklab o`tdi.

Konstitutsiyamizning yaratib bergan imkoniyatlar asosida xalqimiz tarixida avval bo‘lmagan o‘zimizning bayramimizga, gerbimiz va madhiyamizga ega bo‘lish baxtiga erishganimizni maqtanish bilan tilga oldi.  

Shundan so‘ng  bosh qomusimiz yaratib bergan imkoniyatlar negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar haqida aytib o`tdilar.

Talaba-yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha  javoblar olishdilar.

 O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik fakulteti  Yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi, JTK a`zosi.

Foydali havolalar