slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
Klubning ikkinchi avlod vakillari | | Karakalpak state university

Klubning ikkinchi avlod vakillari

Shiddat bilan o`sib borayotgan hozirgi zamonda ommaviy axborot vositalariga talab kundan kunga oshib bormoqda. Shu jihatlarni hisobga olgan holda ta`lim tizimida ko`plab to`garaklar va klublar faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan biri Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi fakulteti Jurnalistika kafedrasi qoshida 2018-yil sentabr oyida ,,Yosh jurnalistlar tayyorlash klubi’’dir.  Bu klub shu kungacha bo’lgan o’n oy muddatda ikki bor  “Qaldirg’och”larini o’z bag’ridan uchirdi.   

Mazkur klubda o’zbek filologiyasi fakulteti talabalari ham kasting jarayonidan muvaffaqiyatli o’tib, klub a’zoligiga qabul qilindi. Shu besh oy davomida jurnalistikaning sir-sinoatlari haqida ma’lum darajada bilimga ega bo’ldi. O’qish davomida nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg’ulotlarni qunt bilan o’rgandi.

Yaqinda ikkinchi avlod vakillarining  taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Unda universitetimizning ko`plab talabali qatori, o’zbek filologiyasi fakulteti talabalari: Jabborov Ixtiyorjon, Bekturdiyeva Shohista, Samandarova Darmonjon, Boliyeva Bahora, Shonazarova Ma’rifatlar yuqori natijalar ko`rsatib sertifikat bilan taqdirlanishdi.

Bahriddin  Abdulamitov,

O`zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi

boshlang`ich tashkiloti yetakchisi.

Foydali havolalar