slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
MOTIVATSIYAGA  BOY  BO'LGAN  UCHRASHUV     | | Karakalpak state university

MOTIVATSIYAGA  BOY  BO’LGAN  UCHRASHUV    

          Oila – bu muqaddas  dargoh!  Uning mustahkam va daxldorligi  jamiyat  taraqqiyotini  belgilaydi.  Oila va jamiyat tushunchalarini  bir-biridan ayro  holda tasavvur qilib bo’lmaydi.  Shunday  ekan  oila  qurishda hech ham shoshilmasdan, og’ir  vazminlik bilan qaror qabul qilish kerak, -dedi  psixolog opamiz  Reymbaeva Gulchehra  opa.  Bu  uchrashuvda   Kimyo-texnologiya fakulteti dekani o’rinbosari  Sultanov G’ulomjon Amangeldievich,  Xotin-qizlar va oila masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi  Seytnazarova Injayim, universitet psixologi Reymbaeva Gulchehra opalar boshchilik qildi va Kimyo-texnologiya fakulteti kimyo mutaxassisligi 1-bosqich talabalari ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.  Bu uchrashuv  juda ko’p  motivatsiyalarga  boy bo’ldi.  Psixolog  uchrashuv jarayonida biz talaba  yoshlarda  kelajakka  bo’lgan  intilishni kuchaytirish,  yaxshi  hayot sari  intilish uyg’otish,  tushkunlik va stressga  tushib qolganlar uchun bu holatlardan chiqarish maqsadida  trening mashg’ulotlar  o’tkazdi.

        Bizlar  bu  psixologik  mashg’ulotdan  zavq oldik va kelajakka bo’lgan  ko’z-qarashlarimiz  va ishonchimiz  yanada  yuksaldi.  Kimdir  bakalavr yo’nalishini bitirib,  magistratura va  doktoranturada o’qib olim bo’lishni  qat’iy maqsad qildi va bunga  o’zida  to’liq  ishonch  hosil  qildi, kimdir esa  kelajakda yaxshi  ish joylarida ishlashni o’z oldiga  maqsad  qilib qo’ydi.  Bu  uchrashuvdan  biz talabalar  o’zimizga oila qurishda  va  kelajakda  yaxshi yashashga  nimalar qilishimiz kerakligi  haqida kattadan-katta  tushuncha  va  taasurotlar  oldik.

  Psixolog  Gulchehra opa  insonning   yuksalishi  uchun  eng  kerakli bo’lgan  birinchi  narsa  –  bu  kitob ekanligini  hech qachon unutmasligimiz  kerakligini  takror va takror  uqtirdi!!!

 

                                                                Kimyo-texnologiya fakulteti 1-B kimyo  guruhi

                                                                studenti  Alimxodjaeva  Dilafruz

Foydali havolalar