«Quvnoqlar va zukkolar»

Qoraqalpoq davlat universiteti miqyosida talaba yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgsn  5 ta muhim tashabbusning birinchi tashabbusi bo’lgan yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti fakultetlar orasida «Jayxun» jamoasining faxriy a’zosi, sardori, «Quvnoqlar va Zukkolar» tanlovining 2005-yilgi chempioni marhum Ilham Saymanovning yorqin xotirasiga bag’ishlab, 2021-yilning 20-21- fevral kunlari oralig‘ida universitet Madaniyat saroyida «Quvnoqlar va Zukkolar» tanlovi o’tkazildi. Tanlovga universitet fakultetlari va sirtqi bo’limdan  jami 16 jamoa ishtirok etishdi.

Tanlov yakuni quyidagicha:
1. Qurilish fakultetining «Injenering»» jamoasi (80 ball)
2. Tarix fakulteti «Ǵulpaqlar» jamoasi (76 ball )
3. Chet tillari fakulteti «Dilmash interneyshil» jamoasi (76 ball )
4. Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistikasi fakulteti «Qarakeń» jamoasi (73 ball )
5. Arxitektura fakulteti «Yosh arxitektura» jamoasi (72, 5 ball )

Tanlovda g’olib bo’lgan 5 jamoa final bosqichina yo’llanma oldi. Final bosqichi 2021-yil 28-fevral kuni o’tkaziladi.

Nurbek Tajimurodov
QQDU talabasi.

Foydali havolalar

Skip to content