Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida sportning «Mini futbol» turi bo‘yicha fakultet birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqa Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish asosida o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzining asosiy talablaridan biri bu harakatlanish, sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanishdir. Sog‘ tanda sog‘lom aql, deyishadi. Inson kun davomida qancha ko‘p harakatlansa, sport bilan shug‘ullansa o‘zini shuncha tetik his qiladi.
Musobaqaning asosiy maqsadi ham talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sport bilan shug‘ullanishidir. Musobaqada 11 ta guruh qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra,
1-o‘rin 1-a geografiya
2-o‘rin 1-a neft va gaz
3-o‘rin 1-Gidrometeorologiya guruhlari qo‘lga kiritdi.
Fakultet media guruhi yetakchisi Nurbek Tajimurodov
Sport salomatlik yo‘nalishi yetakchisi Dilbar Knazbaeva