slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
Basketbol bo'yicha Universitet birinchiligi | | Karakalpak state university

Basketbol bo‘yicha Universitet birinchiligi

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularning sport bilan muntazam shug`ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targ`ib qilish, universitetimiz talaba yoshlari o`rtasida jamoaviy sport turlarini yanada ommalashtirish masalalariga alohida urg`u berish maqsadida joriy yilning 6-8 –aprel kunlari  “Basketbol” sport turi bo`yicha universitet birinchiligi o`g`il bolalar va qiz bolalar o`rtasida o`tkazildi.

Sport musobaqasida  universitetimizning barcha fakultetlaridan o`g`il bolalar va qiz bolalar jami 32 ta jamoalari qatnashdi.

Basketbol sport turi o’zining kurashlarga boyligi, sportchilardan maksimal darajada tezlik va mahorat talab qilishi, tomoshabopligi bilan ajralib turadi. O’yinlar juda shiddatli va qizg’in bo’lib o’tdi.

 Musobaqa yakunida o`g`il bolalar o`rtasida:

1-o`rin:  Sanoat texnologiya fakulteti,

2-o`rin: Arxitektura fakulteti,

3-o`rin Iqtisodiyot fakulteti jamoalari egallashdi.

 

Qiz bolalar o`rtasida

1-o`rin:  Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti,

2-o`rin: Biologiya fakulteti

3-o`rin Arxitektura fakulteti jamoalari egallashdi.

 

Foydali havolalar