She'rlaridan o'zimizga ona yurtga muhabbat tuyg'ularini  singdirib oldik | | Karakalpak state university

She’rlaridan o’zimizga ona yurtga muhabbat tuyg’ularini  singdirib oldik

Muhammad Yusuf adabiyotga 70- yillar oxirida kirib kelgan va shu zahotiyoq u haqida «betakror va esda qolarli timsollar yarata oluvchi, bir qarashdа oddiy hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda badiiy shakllardan maromida foydalana oluvchi, jiddiy va ajoyib iste’dod sohibi» deb shoyir sifatidagi qirralari haqida gapirishgan.

Muhammad Yusuf 1954-yili 26-aprel sanasida Andijonda dunyoga kelgan.Muhammad Yusuf  tavalludiga ushbu yili 67yil to’ldi. Shu munosabat bilan  Kimyo-texnologiya fakultetida «Muhammad  Yusuf xalq ardog’idagi shoir» nomli badiiy kecha  tashkil etildi.

Badiiy kechani Kimyo-texnologiya fakulteti dekani B.Ch.Nurimbetov ochib berdi va o’z  so’zida Muhammad  Yusuf  singari  buyuk ajdodlarimiz bor ekanidan faxrlanishimiz va she’rlaridagi Vatanga, ona yurtga muhabbat tuyg’ularini o’zimizga singdirib olishimiz zarurligini, shuningdek ajdodlarimizga mos avlod bo’lib yetilishimiz zarurligi haqida  ta’kidlab o’tdi. Badiiy kecha ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

 

Kimyo-texnologiya fakulteti

1-bosqich talabasi Jalgasbaeva Barno

 

Foydali havolalar