slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
O'zbek filologiyasi fakulteti  professor-o'qituvchilari Nukus shahridagi "Shayirlar avuli" mahallasida | | Karakalpak state university

O’zbek filologiyasi fakulteti  professor-o’qituvchilari Nukus shahridagi “Shayirlar avuli” mahallasida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 13-apreldagi “Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Shu munosabat bilan O’zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini G’.O’razbayev, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Yu.Nurjanova va fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi D.Tozaboyevlar ishtirokida “Shayirlar avuli” mahallasida uchrashuv o’tkazildi.

     Uchrashuvda mahallada uyushmagan yoshlarni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik to‘garaklariga jalb etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga ko‘maklashishi bo’yicha bir qancha masalalar ilgari surildi.Yoshlar bilan manzilli ishlashda fakultet talabalaridan unumli foydalanildi. Ular ko’chama-ko’cha yurib, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”da ro’yxatda turuvchi, kam taʼminlangan oilalar, keksalar, faxriylar, nogironlar, koʻp bolali oilalar, boquvchisini yo’qotganlar oilalar haqida ma’lumotlar yig’ishdi. Mahalla yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda talabalarning ahamiyati juda katta.

Shundan so’ng “Shayirlar avuli” mahallasida Xotin qizlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodimi V.Qallibekova bilan fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Yu.Nurjanova “Yoshlar daftari”ga kiritilgan qizlar bilan olib boriladigan ishlar yuzasidan suhbat olib bordi. Respublikada amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha Yu.Nurjanova o’z so’zida mahallada  Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ro’li va faolligini oshirish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish va boshqa davlat mukofotlariga nomzodlarni tavsiya etishini hamda  mahalla yoshlarini qo’llab quvvatlash haqida bir qancha fikrlarni ilgari surdi.

O’zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov boshchiligida O’zbekiston ko’chasi 16-uyda yashovchi boquvchisini yo’qotgan 88 yoshli Tajimuratova Jamila opaning uyiga xabar olgani borildi. Jamila opa bilan bir qancha suhbatlar olib borildi va  fakultet tomonidan uy egasiga  oziq-ovqat mahsulotlari  ehson qilindi. Talaba yoshlar ishtirokida uy atroflari obodonlashtirilib berildi. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallani kechayu kunduz odamlarning ahvolidan boxabar bo‘ladigan maskanga aylantirishdir”.  

 

                                                                           O’zbek filologiyasi fakulteti

yoshlar ittifoqi yetakchisi D.Tozaboyev

  

Foydali havolalar