slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
DAVLAT TILI-BIRLIGIMIZ, BORLIGIMIZ RAMZI | | Karakalpak state university

DAVLAT TILI-BIRLIGIMIZ, BORLIGIMIZ RAMZI

 

“Dunyoda millatning  borligini bildiradigan oynai

hayoti bu uning tili va adabiyotidir”

 A.Avloniy

 

Ozbek filologiyasi fakultetida “Davlat tili- birligimiz, borligimiz ramzi” mavzusida davra  suhbati  otkazildi. Tadbirda Ozbek filologiyasi fakulteti bilan birgalikda Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti hamda Chet tillari fakultetining iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Mavzu yuzasidan Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi f.f.f.d Z.Kabulova, katta oqituvchi G.Doshanova, assistent Yu.Nurjanovalar bugungi kunda dolzarb masala bo`layotgan Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosida o`zgarishi kutilayotgan harflar borasida toxtalib otdilar. Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Yu.Nurjanova davlat tili haqida quyidagilarni bayon etdi. Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi,  orzu-umidlarning namunasidir. U millatni yagona xalq sifatida o‘z atrofida birlashtiradi va dunyoda borligini ta’min etadi. Har bir millatning o‘z Vatani, oilasi bo‘lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo‘ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo‘lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas boladi. Hattoki, go‘dak ham o‘z vatanini, ota-onasini, dunyoni o‘z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o‘rni beqiyos bo‘lganidek, insonning hayotda o‘z o‘rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o‘rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg‘u, mehr-muhabbat alanga oladi. Zero, Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek, “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”. Davra suhbati oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.      

                        

 

 

                     

                                                                Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi

                                                                         assistenti Yu.Nurjanova

Foydali havolalar