slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
PEDAGOG MAHORAT-TA'LIM SIFATI KAFOLATI | | Karakalpak state university

PEDAGOG MAHORAT-TA’LIM SIFATI KAFOLATI

 O`zbekiston Respublikasi “Ta’lim to`g`risida”gi qonuniga muvofiq, yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash va taqdirlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, o`qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog`lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini rag`batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaror e’lon qilingan.

  Shu munosabat bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti O`zbek tilshunosligi kafedrasi assistenti Kumush Rajapova va O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Latofat Tajibayeva tanlovda ishtirok etish uchun o’z harakatlarini boshlab yubordilar.

        Tanlovning asosiy vazifasiga ko`ra tanlov ishtirokchilari tomonidan o`quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy materiallar to’plami taqdim qilinadi. Shuningdek, pedagoglar tomonidan ochiq darslar o`tkaziladi. Jumladan, O`zbek tilshunosligi kafedrasi assistenti Kumush Rajapova 1-bosqich talabalariga O`zbek tili va adabiyoti ta’limida ilg`or pedagogik texnologiyalar fanidan “Adabiy tàlimda muammoli texnologiyalardan foydalanish” mavzusida,  O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Latofat Tajibayeva esa 3-bosqich talabari uchun Yangi o`zbek adabiyoti fanidan “Cho`lpon she’riyati” mavzusida ochiq dars tashkil qildi. Dars mobaynida o`qituvchilarning pedagogik mahorati to`liq sinovdan o`tkazildi. Xususan, ularning dars jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo`llay olish, har xil interaktiv metodlardan samarali foydalana olishi, talabalarning mustaqil fikrlay olish salohiyatini oshirish, fanga bo`lgan qiziqishini yuksatirish qobiliyatlari baholandi. Darslar maxsus ishchi komissiya tomonidan kuzatildi va tahlil qilindi. Mazkur ochiq darslar O`zbek filologiyasi fakulteti 416-xonasi, Zamonaviy ta’lim markazida tashkil qilindi. Ikkala professor-o`qituvchilarimiz ham tanlovga sidqidildan yondashib o`z mahorati va tajribalarini ishga solishdilar, dars samaradorligini oshirishga harakat qildilar.

 Eng asosiysi bugungi kunda ta’lim sifatini yanada oshirish har bir professor-o`qituvchining asosiy burchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Tanlov ishtirokchilariga keyingi bosqichlarida omad tilaymiz.  

 

O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

assistenti Kamshat Baymenova

 

Foydali havolalar