TIL – MA’NAVIYAT KO’ZGUSIDIR

Jamiyatda insonlar fikr almashishga, bir-biri bilan aloqa qilishga ehtiyoj sezadi. Buning eng asosiy vositasi ulkan va bebaho boyligimiz bo’lgan ona tilimizdir. U o’z vazifasini yozma va og’zaki nutq jarayonida bajaradi. Bizga ma’lumki, dunyoda uch mingga yaqin til mavjud, lekin barcha tillarga ham davlat tili degan sharfli maqom nasib etmagan. O’zbek tilining mo’tabar minbardan o’rin olishi, ya’ni  davlat tili maqomiga ega bo’lishi, bu bir baxt, qolaversa mo’jizadir.

Til –har bir mamlakatning va  хаlqning milliy o’zligini namoyon qilishda muhim vositasidir. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbida avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084 Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Berdaq  nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti  O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Til-ma’naviyat ko’zgusidir” mavzusida iqtidorli talaba yoshlar bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ra’no Madaminova

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

 

 

Foydali havolalar

Skip to content