XOTIN-QIZLARNI YANGI INNOVATSIYON LOYIHALARGA BOSHLOVSHI SEMINAR

 

Joriy yil 19-iyun kuni Nukusda Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston Savdo-sanoat Palatasi hamkоrligida Mahalla va oylani qúllab-quvvatlash vazirligi vakillari, Tadbirkor ayollar,  universitetimizning bir necha fakulteti talaba qizlari va professor-o’qituvshi ayollari, Prezident maktabi o’quvchilari, OAV vakillari ishtirokida  ayollarning texnologik “yashil” tadbirkorlik mavzusiga qiziqqan barcha uchun Ideathon interfaol seminari o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilari loyihaning kelgusi 2 yillik faoliyat rejalari hamda akseleratsiya dasturida startaplar qatnashishi uchun mezonlar haqida bilib olishdi.

 

Shuningdek hududdagi ijtimoiy va iqlim sharoitlarini hal qilish uchun “yashil” biznes sohasida g‘oyalar breynstormingi bo‘yicha interfaol mashg‘ulot o‘tkazildi. Seminarda  Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin qizlar masalalari bo’yicha Rektor maslahatchisi Injayim Seytnazarovani so’zga shiqdi, ustozimizdan startaplar uchun ko‘plab istiqbolli g‘oyalarni tingladik. Hozirgi kunda Temir daftarga kiritilgan ishsiz ayollarni band qilishga oid bir necha savollar bo’ldi va biz seminar ishtirokchilari o’zlarimiz kutgandan-da qoniqarli javoblarni oldik. 

Seminar davomida «Startap nima?», «Startapning qanday turlari bor»?, Qoraqalpog’istonda?

O’zbekistonda?

Va dunyo bo’ylabchi?  degan savollar berildi.

 «Startap – inglizchadan so’zma so’z tarjima qilinganda jarayonning boshlanishi, Startap – bu biznesning istalgan turi, undagi farq bozorga avval foydalanilmagan uslubda  tovarlar yoki хizmatlar taqdim etishda ifodalanadi deya javob berdi Universitetimiz Arxitektura fakulteti 3-kurs talabasi Gulnoz Safarboyeva.

Ko’rgazma sifatida Universitetimizning Ekanomika fakulteti 3-kurs talabasi o’z biznesini yo’lga qo’yganligini, tovar qoldiqlarini atrof muhitga chiqindi qilib tashlamasdan mana bunday sumkachalarni yaratsa bo’ladi deb barchaga na’muna bo’ldi. U faqat so’z bilan emas seminar ishtirokchilariga bichib tikkan sumkalarini ko’rsatgani nur ustiga a’lo nur bo’ldi desam adashmayman!!!

Qoraqalpoq davlat universiteti nomidan uchrashuvni tashkillashtirishga yordam bergani uchun Qoraqalpog‘iston Savdo-sanoat Palatasiga minnatdorchilik bildiramiz.

«O‘zbekistonda yashil texnologiyalar sohasidagi ayollar startaplarini rivojlantirishni jadallashtirish» loyihasi Tech4Impact tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Demokratiya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

 

 

  QQDU Xotin-qizlar Kengashi

Qoraqalpoq davlat universiteti

Arxitektura fakulteti  3 – kurs talabasi

Gulnoz Safarboyeva

 

Foydali havolalar

Skip to content