slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
YURTBOSHIMNING QUTLOVIDAN YUKSALDI RUHIM! | | Karakalpak state university

YURTBOSHIMNING QUTLOVIDAN YUKSALDI RUHIM!

Mamlakatimizda 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Botanika bog’ida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston yoshlari va talabalari bilan uchrashdi.
Ushbu shodiyona munosabati bilan yoshlarni qutlab, davlat va jamiyat rivoji yo’lida jonbozlik ko’rsatib kelayotgan bir qator yigit-qizlarni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Quvondik! Havas qildik!

Bilasizmi, bu maydondan o‘rin egallashning o’zi ham katta baxt.
Men Buxoro viloyatining bir yosh avlod vakilasi sifatida, minglab iqtidor egalari qatoridan o’rin egallashimning o‘zini katta mukofot deb bildim.
Davlatimiz rahbarining har bir so‘zlari, qutlovlarini tinglar ekanman, ruhimda jo’shqinlik, yuksalish hissini sezdim.

Prezidentimizning mamlakatimizda yoshlarga yaratib berayotgan keng imkoniyatlaridan unumli foydalanib, sport, adabiyot va san’at, ilm-fan, madaniyat sohasida erishayotgan yutuqlari bilan jahonni lol qoldirayotgan yoshlarimiz bisyor.

Xususan, men ham joriy yilning 21-22-aprel kunlari Qozog’iston Respublikasi, Nur-Sulton shahrida o’tkazilgan MDHning “Eng yaxshi yosh olimi-2021” xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichidan Jurnalistika yo’nalishida faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritib, oltin medal bilan taqdirlandim.
Shuningdek, 2-4 iyun kunlari Misr-Arab Respublikasi, Qohira shahrida o’tkazilgan “O‘zbek-Misr madaniy forumi” da bevosita ishtirok etib, o’zbek va ingliz tillarida nutq so’zladim. Qadim va boy tariximiz bilan bog’liq she’rlarimni jahon minbaridan aytish baxtiga muyassar bo’ldim va xalqaro “Tagrid Fayad adabiy mukofoti” ni qo’lga kiritdim.

Yurtboshimizning “O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi” dagi so’zlagan nutqidan, bizdan hali bundanda katta zafarlar kutayotganlarini angladim.
“Men har gal sizlar bilan uchrashganimda, ilmni qadrlang, ilmga intiling, degan so’zlarni takrorlashdan charchamayman!”

Yurtboshimizning yana bir asrlarga tatigulik so’zlari borki, biz OAV vakillariga kuch va shijoat bag’ishlaydi.
“Adolatni yetkazishdan to’xtamanglar, qo’rqmanglar. Ortingizda Prezident turibdi!”

O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi!
Maqsadlarni birlashtirgan azim Toshkent!
Orzularga kuch bergan, Prezident!

Hammasi uchun TASHAKKUR!

 

Dilafruz Obloqulova
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

Jurnalistika fakulteti talabasi, forum ishtirokchisi 

Foydali havolalar