slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
"VATAN" MAVZUSINING BADIIY TALQINI | | Karakalpak state university

“VATAN” MAVZUSINING BADIIY TALQINI

(ABDULLA ORIPOV IJODI MISOLIDA)

O‘zbek filologiyasi fakulteti

2-kurs talabasi Karimova Dilnoza

           Vatan mavzusini yoritishda Abdulla Oripov ustozlaridan (masalan, tilda, obrazli tasvir va ohang yaratishda) o‘rgangan, lekin u taqlidga yon bermaganidek, takrorga ham yo‘l qo‘ymagan. Buning ham o‘ziga xos sabablari bor, albatta. Birinchidan, Abdulla Oripov ulkan talant. Talantli shoir esa, qaysi mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘zining gapini, ya’ni yangi fikr- tuyg‘ularni aks ettiradi. Ikkinchidan, Abdulla Oripov yurt tarixi va taqdirini o‘zicha mushohada etadi, o‘zicha ko‘radi. Shuning uchun G‘afur G‘ulom va Oybek, Shayxzoda va Mirtemir nigohidagi Vatan bilan Abdulla Oripov tasavvuridagi Vatan ma’lum farqlanishlarga ega. Bu ma’noda Abdulla Oripovning o‘z Vatani bor. Millat, til, tarix, din tushunchalari bo‘lmasa Vatan so‘zi o‘z-o‘zicha muhim bir ahamiyat kasb etmaydi. Shoirning dastlabki ijod namunalaridan bo‘lgan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’rini o‘qigan kishi Vatan degan tushunchaning tub mohiyati xalq qismati va haqiqatlari orqali yoritilganligiga iqror bo‘ladi. Uning:…Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun, Sevgan farzand bo‘lsa kechirma aslo! degan satrlari xuddi qasamday yangraydi. Sho‘ro zamonida yurt va millat to‘g‘risidagi haqiqatni to‘la-to‘kis ifodalash imkoni yo‘q edi. Tildan tarix va qadriyatlardan bahs yuritish ham yozilmagan qonunlarga ko‘ra cheklangan edi. Shu boisdan aksariyat shoirlar Vatan va millatini baxt, baxtiyorlik, ulkan zafarlar og‘ushida tasavvur etar, yozgan she’rlari ham soxta ko‘tarinkilikka asoslanar edi. Shu boisdan ham shoir she’rlarida “Vatan” so‘zi – asosiy so‘z va bosh tushuncha bo‘lib qolmasdan, milliy his-tuyg‘u va haqiqatlarni ochib ko‘rsatadigan kalit hamdir.   

          Abdulla Oripovning Vatan ishqi va dardi bilan yo‘g‘rilgan she’rlarining yana bir muhim xususiyati shundaki, ularning har biri u yoki bu darajada she’rxonni o‘zligini bilishga Sen kimsan? Ajdodlaring kim? Erk va hurriyat beshiging qayonda? degan savollarga mustaqil javob izlash va topishga undaydi. Abdulla Oripov she’rlarining ichki ruhini tushungan o‘quvchi ko‘ngli tabiiy ravishda yurtdan g‘ururlanish, fidokorlik, ona diyorga yaqinlashish hissiyotlari bilan boyiydi. Abdulla Oripov ijodiy izlanishlarining yetakchi pafosi, azaliy va bosh maqsadini Vatan, dunyodagi hamma narsadan qadrli va tabarruk jonajon xalq taqdirini, istiqbolini, eng oliy Vatandoshlik tuyg‘ulari tashkil qiladi. “Abdulla Oripovning eng katta asosiy xizmatlaridan biri – yurt va xalq mavzusini yolg‘ondan, yuzakilik va madhiyabozlikdan nisbatan tozalashga erishgan edi. U ona diyorining quvonch va shodliklari bilan birga dard va azoblarini, muvaffaqiyat va taraqqiyoti bilan bir qatorda g‘am va qayg‘ularini ham dadil ifodalay oldi. Uning o‘z so‘zlari to‘g‘ri, samimiy va haqqoniyligi bois she’rxon qalbini tez ishg‘ol etdi”. Abdulla Oripov qaysi g‘oya yoki mavzuda she’r yozmasin, yo bevosita, yo bilvosita Vatan haqida so‘zlab, Vatan va xalqqa daxldor o‘tkir bir fikrni mohirlik bilan ifodalashga erishgan Vatanning tarixini va umumiy ahvolini chuqur bilgan, jafokash xalqni jonu dildan sevgan shoirgina o‘z ruhida ajdodlar ohini his etib “Mening ham qonimda qilich zangi bor”-deyishi mumkin. Yoki xuddi shu she’rdagi mana bu satrlarga e’tibor beraylik: Tarix deb atalgan qismat bu axir, Yonida hattoki yuztuban xudo. Bu alam va faryodning ildizini faqat o‘tmishdan axtarish to‘g‘ri emas, albatta. Chunki, “Kimni u yurtidan etmagan judo” misrasida yurtga egalik tuyg‘usidan qanoat topmagan shaxsning hasrati va nadomati yashiringandir Tarix va tarixiy voqealar, tarixiy shaxslarning juda murakkab muammo va masalalariga ishorat etish Abdulla Oripovning sevgan usullaridandir. Ko‘p she’rlarida, jumladan, “O‘zbekiston” qasidasi va “Yuzma-yuz” manzumasidagi ayrim ishoratlarni jur’at va shijoatning yuksak nishonasi desa mubolag‘a bo‘lmaydi. “O‘zbekiston” qasidasida shoir bosqinchilar va bosqinchilikni qoralab: Har uchragan nokasu nodon, Ona xalqim, yoqangdan tutdi – deydi. Bu “nokas”, “nodon” so‘zlariga ko‘p marta duch kelganmiz. Uning lug‘aviy ma’nolarini yaxshi bilamiz. Shunga qaramay, ularning mazkur kontekstda kutilmagan yangi ma’no qirralari bilan namoyon bo‘layotganini payqash qiyin emas. “Nokas” odatda “baxil”, “sulla” ma’nolarini anglatadi. Bu erda esa so‘zning tarixi-etimologik ma’nosi “no+kas”, ya’ni “odam emas” ifodasidagi ma’no hamqalqib chiqqan.

 “Seni Chingiz g‘azabga to‘lib, yo‘qotmoqchi bo‘ldi dunyodan…” deya fikrini davom ettiradi. Sezgir o‘quvchi esa “har uchragan nokasu nodon” so‘zlari faqat arab yoki mo‘g‘ul bosqinchilariga tegishli emasligini oson ilg‘aydi. Boshqa bir she’ridagi: Bosqinchi so‘zining ma’nosi shulki, Nonga to‘yganda ham to‘ymas makonga… bayti haqida ham shunday deyish mumkin. Mumtoz adabiyotimizda “husni ta’lil” degan badiiy san’at qo‘llangan. U asoslash san’atidir. Shoir hayotiy mantiqni anglab, his qilib turgani holda, ongli ravishda undan voz kechib, uning o‘rniga shoirona asosga yo‘l beradi. Masalan, gulning poyasi (“oyog‘i”) bitta ekanligi yaxshi ma’lum. Shoir ijodida bu xil misollarni ko‘plab uchratish mumkin. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, Vatan va milla̒t hayotining yuksak va jonli tasviri G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, SHayxzoda, Mitemir kabi ulug‘ shoirlarimizning she’rlarida ham mavjudligini tan olish kerak, albatta. Lekin ustozlaridan farqli ravishda Abdulla Oripov mavzuning qaltis qirralarini cho‘chimasdan, sho‘ro mafkurasining bir yoqlamalikka rioya qilish talablaridan kechib, yangicha yo‘l tutdi. Bu esa haqiqatda she’riyatimizdagi hali ravshan ko‘rinmagan jasorat edi.

 

Foydali havolalar