Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Yangi O’zbekiston» gazetasiga bergan «Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda» intervyusining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Unga Davlat boshqaruv akademiyasi Urganch hududiy filiali, Xorazm viloyati hokimligi, xalq deputatlari, Xorazm viloyati Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, OAV vakillari,
Qoraqalpoqston Respublikasi studiyasi onlayn qatnashdi.
Viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari S. Salaev va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Urganch hududiy filiali direktori Farhod Abdullaev davra suhbati ochilishi va kirish so’zi bilan boshladi. Undan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig’i Dilbar Bekchanova nutq so’zladi. Keyingi ma’ruzani «Yangi O’zbekiston-negizi xalq manfaati bo’lgan faol ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va yangilanishlar davri» mavzusida Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi Xorazm viloyati bo’limi rahbari so’zlagan bo’lsa, keyingi nutqni so’zni qatnashgan bir qancha vakillar davom ettirdi. Shu qatorda O’zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig’i S. Polvonov «Yangi O’zbekistonni bunyod etish jarayonida yoshlarning o’rni va asosiy vazifalari» mavzusida ma’ruza qildi. Unga ko’ra Prezidentimizning «Yangi O’zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida yoshlarga yaratilyotgan imkoniyatlar haqida, xususan shu yili bakalavr yo’nalishlariga grant va kontraktlar sonining ortishi, oliy o’quv o’rinlariga qabul qilish 25 foizga yetganligi, keyingi yili 50 foizga yetqazishni maqsad qilganimiz haqida va temir daftar, yoshlar daftarining tashkil etilishi haqida keng aytib o’tdi. Davra suhbati so’ngida qatnashchilar, taklif etilgan ekspertlar ishtirokida davra suhbati bo’yicha munozaralar va fikr almashuv bo’lib o’tdi.
N.Kaiipnazarova
QDU talabasi