slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
UNIVERSITETIMIZ TALABASI TURKIYA IJODIY SAFARIDA BO'LDI | | Karakalpak state university

UNIVERSITETIMIZ TALABASI TURKIYA IJODIY SAFARIDA BO’LDI

Yosh ijodkor va jurnalist Dilafruz Obloqulova Turkiya Respublikasi, Istanbul shahrida o’tkazilgan «O’zbek-turk ijodkorlari do’stlik kechasi»ga bevosita ishtirok etib qaytdi va Urganch xalqaro aeroportida munosib kutib olindi.

O’zbekiston va Qoraqalpog’istonlik bir guruh ijodkorlarning nazm va nasrdagi ijodiy ishlari «Turkchaning dunyodagi o’zbek ovozi» nomi ostida Turkiya va Ozarbayjon Respublikasining «Türk Yayınevi Neşriyatı» tomonidan chop etildi va ushbu nashriyot bilan «Beyaz Diplomasi» diplomatik do’stlik shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, ijodiy guruh Istanbuldagi tarixiy-me’moriy obidalardan biri Ayasofiya ya’ni Sofiya ibodatxonasi, Qora dengiz mavjlari, afsonaviy Fotih Sulton Mehmet ko’prigi, qolaversa, Turkiya poytaxti Anqara shahridagi tarixiy obyektlarda ham bo’lishdi.

27-28-avgust kunlari esa Turkiyaning Istanbul shahrida 40 o’zbek va qoraqalpoq ijodkorlarining ijodiy ishlari jamlangan «Ayollarning yurak so’zlari» nomli kitobning taqdimoti bo’lib o’tdi va unda talabamiz munosib ishtirok etib madaniyat va diplomatik aloqalar mustahkamligi yo’lida topshirilgan «Kültür ve Diplomasi Ödüllerri», «DESTEK ÖDÜLÜ» xalqaro diplomi hamda ijodiy ishlari o’rin olgan kitob bilan taqdirlandi.

Hozirda Dilafruz Obloqulova universitetimizning Qoraqalpoq filologiyasi va Jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi. Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot kotibi. Shuningdek, u bugungi kunda ingliz va qoraqalpoq tillariga badiiy tarjimalar bilan ham shug’ullanib kelmoqda.

Aytish joizki, Dilafruz joriy yil 2-4-iyun kunlari Misr Arab Respublikasi Qohira shahrida o’tkazilgan «O’zbek-misr madaniy forumi» doirasida «Xalqaro Tagrid Fayad adabiy mukofoti» bilan ham taqdirlangan.

UNIVERSITET MATBUOT VA AXBOROT XIZMATI

Foydali havolalar