slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
Talabalarga turarjoy masalasida amaliy yordam berilmoqda | | Karakalpak state university

Talabalarga turarjoy masalasida amaliy yordam berilmoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talabalarining talabalar turar joyiga joylashishi va ijaraga turar joy topishlarida ko‘maklashish boʼyicha bir qancha amaliy ishlar bajarilmoqda.

Universitetda ushbu masala yuzasidan mas’ul xodimlar talabalar holidan doimo xabardor bo‘lib, ularning turar joy bilan taʼminlanishini nazorat qilib borishadi. Turar joyga ehtiyoji bor talabalarga universitet rahbariyati, dekanlar, dekan oʼrinbosarlari va guruh rahbarlari hamkorligida amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

Universitet talabalar turar joyiga ularni  joylashtirishda quyidagi asosiy mezonlarga e’tibor qaratiladi:

     -Kam ta’minlangan oila farzandlari;

-Boquvchisini yo`qotgan ko`p bolali oila a`zosi;

-I va II guruh nogironligi bo`lgan talaba;

-To`liq davlat ta`minotida bo`lganlar (chin yetim);

-Oilada ikki va undan ortiq to`lov-kontrakt asosida ta`lim oluvchi talaba.

Shuningdek, qo`shni respublika hamda viloyatlardan o`qishga qabul qilingan talabalar ham yotoqxonaga joylashtirilmoqda.

Hozirgi kunda ikki qavatli karavotlar qo`yilib, avvalgi yillarga nisbatan ko`p sonli talabalar yotoqxona bilan  ta’minlanmoqda.

 

QQDU Matbuot xizmati

 

Foydali havolalar