⚡️ Vazir o`rinbosari Qoraqalpoq davlat universitetining yangi o`quv yiliga tayyorligi va shart-sharoitlar  bilan yaqindan  tanishdi

🔰Bugun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Absoatov Yusuf Qodirovich Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi.

🔹 Vazir o`rinbosari oliygoh rahbariyati hamda fakultet dekanlari, bo`lim boshliqlari  bilan uchrashdi. Universitet rektori Ahmed Reymov uchrashuvni kirish so`zi bilan ochib berdi va bu uchrashuvdan ko`zlangan maqsad va vazifalar bilan tanishtirib o`tdi.

 

Vazir o`rinbosari Yusuf Qodirovich oliy ta`lim tizimidagi islohot va yangiliklar xususida so`zladi.

Joriy yilning 9 sentabridagi «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ahamiyati haqida so`z yuritdi va talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar qurilishini aytib o`tdi.

Yangi o`quv yili uchun yana bir yangilik –  2021 yil 1 sentabrdan talabalar bilan ishlash bo`yicha har 120-150 nafar talabaga 1 shtat birligi hisobida “tyutor” lavozimi joriy etilganligi va uning vazifasi haqida to`xtalib o`tdi.

 

 

Uchrashuv davomida  ta`limdagi islohotlar bo`yicha mulohazalar yuritildi. Muammolarni bartaraf etish xususida fikr va takliflar o`rganildi.

Shundan keyin universitetda  talabalarni turar-joy bilan ta’minlash yuzasidan muammolarning qanday bartaraf etilayotgani tadqiq qilindi.

 

QQDU Matbuot xizmati

 

Foydali havolalar

Skip to content