slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
Universitetimiz talabasi Xalqaro "Jahon iste'dodlari uyushmasi"ning Abay nomidagi medali bilan taqdirlandi | | Karakalpak state university

Universitetimiz talabasi Xalqaro “Jahon iste’dodlari uyushmasi”ning Abay nomidagi medali bilan taqdirlandi

 

   7-8- sentabr kunlari Xalqaro “Jahon iste’dodlari uyushmasi” tomonidan chop etilgan “Дүние таланттары Одағы 1” almanax kitobining navbatdagi taqdimoti Qirg’iziston Respublikasi, Bishkek shahrida o’tkazildi.

 Jahon iste’dodlari xalqaro ittifoqining ushbu almanaxlar to’plamida Qozog’iston va turkiyzabon qo’shni mamlakatlardagi shoir, bastakor, yozuvchi, jurnalist, rassom va tarjimonlarning (uyushma a’zolari bo’lgan) asarlari mavjud.

Xususan, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston.

Bu yosh ittifoqning bir yillik tarixga ega birinchi to’plami – bugungi va ertangi kitobxonlarni o’ziga jalb qilishi bilan ahamiyatga ega.

 Ushbu kitob taqdimotida Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi, “Jahon iste’dodlari uyushmasi» va “Qirğiz shoir-yozuvchilari jamoat fondi” a’zosi Dilafruz Obloqulova ham bevosita ishtirok etib, «Abay nasihatlarining ijtimoiy hayotimizdagi o’rni va ahamiyati» nomli ilmiy-ommabop maqolasi uchun qozoq shoiri Abay tavalludining 176 yilligi munosabati bilan “Jahon iste’dodlari uyushmasi”ning Abay nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

Yosh ijodkorga mukofotni Qozog’iston Respublikasi “Дүние таланттары Одағы” prezidenti D.Dauletova tantanali topshirdi.

Ushbu xalqaro mukofotga shu kunga qadar 59 ijodkor sazovor bo’lgan bo’lsa, Dilafruz uyushmaning joriy yil 16-avgustdagi qaroriga muvofiq 60-bo’lib musharraf bo’ldi.

 Aytish joizki, joriy yilda yosh jurnalist Qozoğiston (Nursulton), Qirğiziston (Bishkek), Misr Arab Respublikasi (Qohira), Turkiyaning (Anqara) va Istanbul kabi shaharlarida ijodiy safarda bo’lib bir qator xalqaro darajadagi adabiyot, madaniyat mukofotlariga sazovor bo’ldi.

 “Har kimning oliy maqsadi bo’lishi kerak. Mana shu oliy maqsad sari katta-kichik qadamlar tashlab boriladi. Bu hayot mazmuni” – deydi ijodkor.

 Dunyo hamjamiyatida ezgu nom qoldirishni Oliy maqsadi deb bilgan Dilafruz Obloqulovaga keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

 

QQDU Matbuot xizmati

 

 

Foydali havolalar