⚡️ “Bilimlar kaliti” talabalarga shijoat bag`ishladi

 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan yangi o`quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarga tantanali Talabalik guvohnomasini topshirish tadbiri bo`lib o`tdi.

     Tadbirni universitet rektori A.Reymov o`z nutqi bilan ochib berdi.

Universitetimiz rektori o`z nutqida: -“Bugungi kunda talaba-yoshlarimizning zamonaviy mehnat bozoriga mos keladigan ta`lim olishi, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida intellektual darajasini yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishni oldimizga ulkan maqsad etib belgilab olganmiz va bu  y o`nalishda davomli ishlar amalga oshirilmoqda”,-deya ta`kidladi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Absoatov Yusuf Qodirovich talaba yoshlarni talabalik baxtiga erishganliklari bilan tabrikladi va ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Qoraqalpoq davlat universiteti nuroniy professor-o`qituvchilari nomidan Baxtiyar Abdikamalov so`zga chiqib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga talabalarni da`vat etdi.

Oliygoh rektori Ahmed Reymov talabalarga bilimlar xazinasini ochuvchi ramziy kalitni taqdim etdi.

Shundan keyin o`qishga imtihonsiz ravishda qabul qilingan talabalarga guvohnomalar topshirildi.

Talabalar guvohnomalarni oliygoh rektori, professor Ahmed Reymov,  vazir o`rinbosari Absoatov Yusuf Qodirovich, professor  Baxtiyar Abdikamalovlar qo`lidan tantanali tarzda qabul qildilar.

Tantanali tadbir marosimi oliygohning iste`dodli yoshlari tomonidan ijro etilgan konsert dasturi bilan davom etdi.

Shuningdek, tadbir mehmonlariga yana bir xushxabar taqdim etildi.

II Xalqaro “Baxshichilik san`ati festivali” doirasida o`tkazilgan baxshi, oqin va jirov ijrochilari ko`rik-tanlovining respublika bosqichida faol qatnashgani uchun O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Faxriy yorlig`i” bilan universitetimiz talabalari Gulayim Uteshova, Hurliman Niyetbayeva va Kamalbay Alimbayevlar taqdirlandi.

Ushbu tadbir o`z guvohnomalarini qo`liga olgan talabalar uchun unutilmas voqea bo`ldi.  

QQDU Matbuot xizmati

 

Foydali havolalar

Skip to content