slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
ARXITEKTURA VA DIZAYN bo'yicha  master klass | | Karakalpak state university

ARXITEKTURA VA DIZAYN bo’yicha  master klass

 Arxitektura fakultetida tajribali mutaxasis, arxitektorlar va dizaynerlar bilan  “Master klass” bo’lib o’tdi. Master klassga “Modern plus” Loyihalash instituti raxbari, arxitektor Berdan Dauletbaev, “Arxtorus” Loyihalash instituti arxitektori Maxset To’reniyazov va tajribali dizayner Asilbek Sag’inbaevlar tashrif buyurishdi.

 Uchrashuvda ishtirok etganlar Arxitektura fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Alauatdin Turdibaev, katta o’qituvchi Aziza Abekeeva, Dilnoza Kamalova, Azad Kaipbergenov va Arxitektura yo’nalishi birinchi kursdan beshinchi kursgacha bo’lgan talabalar ishtirok etishdi.

Master klassni o’tkazishdan asosiy ko’zlangan maqsad, albatta talabalarni ilm olishga bo’lgan qiziqishlarini va o’z kasbining yetuk mutaxasisi bo’lib chiqishlarida hamda arxitektura va dizayn soxalariga bo’lgan qiziqishlarini orttirishdir.

Arxitektor va dizaynerlar bilan bo’lgan suhbatda birinchi navbatda ulug’larimiz xotirlab o’tildi, O’zbekiston Respublikasi Arxitektorlar kengashi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi raxbari lavozimida faoliyat yuritgan arxitektor O’rinbay To’reniyazov ustozimiz talabalik davrlari va Qoraqalpog’iston arxitekturasiga qo’shgan hissalari, qilgan ishlari yodga olindi.

O’rinbay To’reniyazov o’zining bilganlarini talabalarga o’rgatishdan charchamas edi, u kishi talabalarga nafaqat bilim balki tarbiyani ham o’z o’rnida berib borar edi. Suhbat davomida arxitektor Maxset To’reniyazov o’z otasi haqida biz talabalarga gapirib berdi.

 O’rinbay To’reniyazov umrining songgi yillarida o’z qo’llari bilan yozgan “MEN-ARXITEKTOR TO’RENIYAZOV …” nomli kitobini talabalarga ko’rsatdi. Uchrashuvda yana arxitektor Berdan Dauletbaev ham so’zga chiqib arxitektura kasbining o’ziga yarasha qiyinchiliklari va ajoyibligi haqida gapirib o’tdi, o’zining qilgan ishlari va loyihalari bilan tanishtirdi.

Suhbat davomida yana tajribali dizayner Asilbek Sag’inbaev ham so’zga chiqib dizayn sahasidagi o’zining qilgan ishlari va loyihalari bilan tanishtirdi.

Master klass juda ajoyib va ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar va maslahatlarini talabalarga berishdi hamda talabalarga o’qishlarda, kelajakdagi ishlarga omad va muvoffaqiyat tilashdi. Uchrashuv so’nggida o’zining qiziqarli savollari bilan faol qatnashgan talabalarga Maxset To’reniyazov va mehmonlar tomonidan “MEN-ARXITEKTOR TO’RENIYAZOV …” kitobi va estalik sovg’alari topshirildi.

 

Saburov Shoxruh

Arxitektura fakulteti talabasi

 

Foydali havolalar