«Mustaqillik – bizning nazdimizda» nomli Uch avlod uchrashuvi õtkazildi

Yangi õquv yili boshlanishi bilanoq, talabalarda Ona-Vatanga sodiqlik, uning farovonligi yõlida jonbozlik kõrsatish yõlida bir kichik qadam, 1,2,3,6-sonli talabalar turar joylari bilan hamkorlikda  «Yangi Õzbekiston tarkibida, yangi  Qoraqalpoģistonni quramiz» shiori ostida adabiy tadbirlar õtkazildi.

Uch avlod vakillari dildan suhbatlashar ekan, davra suhbati Yangi Òzbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpoğistonni bunyod etish yõlida óz bilim va tajribalarni õrtoqlashish, yangi avlod vakillari uchun tub islohotlarni amalga oshirish lozimligi aytib õtildi.

Tadbirda “Shajara” kanalining asoschisi, sotsiolog, politolog Esnazar Usenov hamda pedagog-tarbiyachilar M.Shrazov K.Ernazarova, B.Berdiyeva, S.Shaniyazovalar ishtirok etishdi.

Shuningdek, talaba-yoshlar òrtasida mavzuga doir turli savol-javoblar olib borildi.

Yurt taqdiriga dahldor har bir avlod Vatanning tinchligi-yu osoyishi uchun kamarbasta bõlmoqligi bu farzdir.

Aytishadiku, Vataning tinch-sen tinch deya.

Bugungi dorilomon kunlar va islohotlarning yangidan yangi kõrinishlari esa har bir avlodning qalbiga õzgacha shukh ulashadi, albatta.

Tadbir sõnggida Universitet talabalar turar joyidagi yoshlarning yashash sharoitlari haqida ham tõxtalib õtildi.

Zero, islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning farovon yashashi uchundir.

Dilafruz OBLOQULOVA

Universitet 6-sonli TTJ matbuot kotibi

Foydali havolalar