11-OKTABR — XALQARO QIZLAR KUNI

Yurtimiz bo’ylab «Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan turli xil tadbir va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shunday katta tadbirlardan biri, Qoraqolpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab – quvvatlash vazirligi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar kengashlari hamkorligida bo’lib o’tdi.
Bu forumga universitetimizning serqirra va tashabbuskor qizlari ishtirok etishdi. Forum, turli tuman tanlov va ko’rgazmalarga boy bo’ldi. Forum doirasida tashrif buyurgan mehmonlar, kitobxonlik tanlovi, shoira va ijodkor qizlarning ijod namunalari, bilimdon va olima qizlar bilan maroqli suhbatlar, yurtimiz sportchi qizlarining chiqishlariga guvoh bo’lishdi.
Yanada, qizlarimizning kiyinish madaniyati bo’yicha taqdim etilgan milliy liboslar ko’rgazmasi barchamizga o’zgacha ilhom baxsh etdi. Bu liboslar esa, San’atshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Jumabaeva Indira va Quanishbaeva Hurliman kabi qo’li gul qizlarimizning ijod mahsuli ekanligi, ko’pchilikning hayratini oshirdi.
Universitetimizning bir qancha faol talaba qizlari, jumladan: shuhrat medali sohibi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining fan, ta’lim masalalari qo’mitasi raisi – Baltabaeva Nargiza, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi – Qoblanova Jibek, Matematika fakulteti talabasi, olimpiada g’olibi – Qutlimuratova Mehribonular ham ishtirok etdilar va o’z ilmiy-amaliy yutuqlarini namoyish qildi. Forum so’nggida har jihatdan yurtimizga namuna bo’lgan zukko va ijodkor qizlar munosib taqdirlandi va e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimidan so’ng madaniyat sohasi vakillari, talaba yoshlar ishtirokida bo’lgan konsert dasturi hammaga birdek zavqli va maroqli hordiq ulasha oldi.

QQDU Xotin-qizlar maslahat kengashi .
Sanoat-texnologiyasi fakulteti
3-kurs talabasi
G’ayipbaeva Dinara.

Foydali havolalar