⚡️ “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o’tkazilgan uchrashuvlar

Talaba-yoshlarning saylov qonunchiligi bo’yicha huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo’yicha “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o’tkazilayotgan «Targ’ibot poyezdi» loyihasi doirasida targ‘ibot guruhi a’zolari uchrashuvlari Qoraqalpoq davlat universiteti Madaniyat saroyida  universitetimiz talaba yoshlari  bilan davom etdi.

Uchrashuvda yoshlar nutq so’zga chiqib, saylovning huquqiy asoslari, ovoz berishning ahamiyati haqida ta’kidlab o’tdi.

Tantanali uchrashuvda tanlov g’oliblarini tag’dirlash ma’rosimi bo’ldi.

G’oliblarga diplomni universitet prorektori S.Alauatdinov va targ‘ibot guruhi rahbari Sarbar Tojiboev (Toshkent davlat yuridika universiteti o’qituvchisi) tantanali ravishda topshirdi.

«Men saylovchiman» viktorinasida birinchi o’rin – Arxitektura fakulteti, ikkinchi o’rin -Ekonomika fakulteti, uchinchi o’rin -Geografiya va ta’biyiy resurslar fakulteti.

  «Saylov bilimdonlari» zakovat intellektual oyini g‘oliblari:

1- o’rin Geografiya va tabiiy resurslar fakultetidan «Turon» komandasi.

2- o’rin Sanaat texnologiyasi fakultetidan «Pawer» komandasi

3- o’rin Qurilish fakultetidan «PGS» komandasi  

«Saylov mening nigohimda» insholar tanlovi g‘oliblari

O’zbek filologiyasi fakulteti talabasi Mexmonova D.

Sanaat texnologiyasi fakultetidan Gayipboeva D

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistikasi fakultetidan Alimbayeva A

 

Mazkur tadbir saylov targ’ibotchilari va talabalar o’rtasida savol-javoblar, qizg’in munozarlarga boy o‘tdi. Ayniqsa, bu yil ilk bor saylovda qatnashadigan talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

QQDU Matbuot xizmati

Foydali havolalar

Skip to content