slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
QADRING BALAND BO'LSIN, ONA TILIM | | Karakalpak state university

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM

 Til inson uchun berilgan buyuk ne’mat, u milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat aloqa quroli, balki inson shaxsini fazlu kamolga yetkazuvchi, uning xulqi-odobi, insoniy xislat va fazilatlari uyg‘unligini ta’minlovchi ibrat va tarbiya manbai hamdir. Demak, til bayrami-millat bayrami. Mana bugun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham 32 yil to‘lmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “O‘zbek tilshunosligi” va “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanni dastlab universitet rektori A.Reymov ochib berdi va barcha ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami bilan qizg‘in qutladi.

So‘ngra anjuman mehmoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qoshidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bo‘lim boshlig‘i Xalilayev Ubayxan Xalilayevich ona tilini sevish vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi ekanligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilaridan Qoraqalpoq tilshunosligi kafedrasi professori f.f.d. M.Qudaybergenov “Til-jamiyat oynasi” mavzusida ona tilimizning beqiyosligi, rang-barangligi, kelgusi avlodga teran yetkazishimiz muqaddas burchimiz ekanligi borasida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Bundan tashqari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linma rahbari f.f.n., dotsent F.Bobojonov “Qoraqalpog‘istonda davlat tilida ish yuritish muammolari” mavzusida, Turkman tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti f.f.d O.Gayliyeva “Til-millat madaniyati ko‘zgusi”, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n I.Kazakov “Ona tilida milliy madaniyat istifodasi”, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.f.d (PhD) N.Yangibayeva “Til madaniyati-inson ziynati” mavzularida o‘z bayonatlarini o‘qidilar.  Bayonat oxirida O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov va O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri H.Abdullayevlar barcha anjuman ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

.

            Darhaqiqat, jamiyat hayoti, inson kechinmalari naqadar rang-barang bo‘lsa, til ham shu qadar serjilodir. Til qanchalik serqirra bo‘lsa, boyisa, millat ma’naviyati ham shu qadar yuksaladi. Anjuman talabalar ishtirokidagi badiiy qism bilan yakunlandi.

 

 

 

                                                     

Foydali havolalar