‼️ Universitet 2-3-4-bosqish talabalari o’rtasida  “Yil talabasi-2021” tanlovini e’lon qiladi

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1) “Yilning eng faol bilimdon talabasi” (o‘z mutaxassisligi bo‘yicha), bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

2) “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoatishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

3) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yil da talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

4) “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqiyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

5) “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning joriy yilda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ta’lim olishga talaba-yoshlarni targ‘ib qiluvchi ishlanmalari va oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni yoritishda faollik darajasi hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi; 

6) “Yilning eng faoli jodkor talabasi”, bunda talabaning o‘zi tanlagan mutaxassisligi yo‘nalishidan qat’iynazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

7)“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda universitetda uzliksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-3-4-bosqich talabalari ishtirok etadi.

 Tanlovning universitet bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plami ta’lim olayotgan fakultet dekanati tomonidan saralanadi va noyabr oyining 16 sanasiga qadar hujjatlar to‘plamini tanlov komissiyasiga ya’niy ma’naviyat bo‘limiga taqdim etishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tegishli bo‘lgan quyidagi hujjatlar to‘plami fakultet dekanati tomonidan tayyorlanadi va tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:

– tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

– tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;

 – tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga va ijodiy ishlarning elektron shakli;

 – xalqaro va respublikamiz miqiyosida o‘tkazilgan tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);

– grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi ko‘rsatiladi;

– konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ilmiy ishlar ro‘yxati va ilmiy ishlar nusxalari ilova sifatida taqdim etiladi;

-hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bo‘lishi lozim.

 Nominatsiyalar bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar universitet tomonidan faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdoridava 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

 Tanlovning Respublika bosqichida har bir nominatsiyalar bo‘yicha     1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlari bo‘lgan ishtirokchilar tanlov statuetkasi, guldasta, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari miqdorida pul mukofoti, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida pul mukofoti hamda 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov muddati: Noyabr oyining 16 sanasiga qadar   hujjatlar to‘plamini tanlov komissiyasiga ya’niy ma’naviyat bo‘limiga taqdim etishlari shart. Ko’rsatilgan sanadan kechikib taqdim etilgan hujjatlar qabul etilmaydi.

 

 

 

 

Foydali havolalar